MYU triosi Mane, Saloh va Firmino uchligidan o'zib ketdi
04 iyu 2020 21:15
Yangiliklar
MYU triosi Mane, Saloh va Firmino uchligidan o'zib ketdi
Biroz oldin, Angliya chempionati 33-turi doirasida gollarga boy o'tgan MYU – “Bornmut” bahsi (5:2) tugadi.
Uchrashuv davomida “qizil iblislar” azolari Markus Reshford va Antoni Marsyal bittadan golni o'z hisobiga yozdirgan bo'lsa, 18 yoshli Meyson Grinvud dublni rasmiylashtirdi. Mazkur uchlikning joriy mavsum barcha musobaqalardagi umumiy kiritgan to'plari soni 55taga etdi. Ular bu ko'rsatkich bo'yicha “Liverpul” triosi Sadio Mane, Muhammad Saloh hamda Roberto Firminodan (jami 51 gol) o'tib ketishdi.
APLda esa gollar bo'yicha etakchilik hozircha mersisaydliklar uchligi tomonida – 40ga 38.
Fikrlar