MYU futbolchisi: "Rashford avvalgidek kamtar emas"
23 apr 2019 16:14
Yangiliklar


MYU futbolchisi: "Rashford avvalgidek kamtar emas"
Ismi oshkor qilinmayotgan "Manchester Yunayted" futbolchilaridan biri jamoadoshi Markus Rashford haqida fikr bildirdi.
Futbolchining aytishicha, "Barselona" qiziqayotgan bir paytda klub bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazayotgan Markus avvalgidek kamtar emas.
Oldinroq, 21 yoshli futbolchi "qizil iblislar"dan maoshi sezilarli darajada o'sishini so'ragani haqida malumotlar paydo bo'lgan edi. Rashford yangi kelishuv bo'yicha yiliga 18,3 mln. evro oladi.
Rashford "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsum u APLning 27ta uchrashuvida maydonga tushib, 10ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar