MYU Antoni bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. "Ayaks" hujumchi uchun kamida 100 mln evro xohlamoqda
28 avg 2022 11:10
Yangiliklar
MYU Antoni bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. "Ayaks" hujumchi uchun kamida 100 mln evro xohlamoqda
"Manchester Yunayted" "Ayaks" bilan hujumchi Antoni borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Manchester klubi 90 million evrolik taklif rad etilganiga qaramay, 22 yoshli braziliyalik bilan shartnoma imzolashga urinmoqda.
Qayd etish kerakki, Amsterdam klubi hujumchi uchun kamida 100 million evro olmoqchi.
Antoni joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar