MYU 12 o'yinda 37 gol o'tkazib yuborgan darvozabon bilan shartnoma imzoladi
31 jan 2020 20:13
Yangiliklar


MYU 12 o'yinda 37 gol o'tkazib yuborgan darvozabon bilan shartnoma imzoladi
"Sautend" jamoasining yosh darvozaboni Natan Bishop faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi.
Angliyaning 20 yoshgacha bo'lgan jamoasi posboni MYU bilan ikki yarim yillik shartnomaga imzo chekdi.
20 yoshli Bishop 2017 yildan buyon Angliya birinchi ligasi (3-divizion) "Sautend" jamoasi darvozasini qo'riqlamoqda.
Ushbu mavsumda darvozabon 12 o'yinda 37 gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar