Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912" rekordchisiga aylana oladimi?
31 avg 2020 17:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589749_original.jpg)
![](/upload/storage/589749_220.jpg)
Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912" rekordchisiga aylana oladimi?
O'yindagi yagona golni qo'qonliklar himoyachisi Murod Xolmuhammedov penaltidan urdi. SHunday qilib himoyachi "Qo'qon-1912" safida O'zbekiston chempionatida o'zining 33-golini urdi va klub tarixidagi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'ringa chiqib oldi.
"Qo'qon-1912" tarkibida chempionat doirasida 40ta gol urgan Muhiddin Abduvaliev bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi. Ikkinchi o'rindagi Soli Qurbonov hisobida 34ta gol mavjud.
Hozir o'ynayotgan futbolchilardan Suhrob Berdiev ro'yxatda 7-o'rinda bormoqda.
"Qo'qon-1912" tarkibida O'zbekiston chempionatida eng ko'p gol urgan futbolchilar:
1.Muhiddin Abduvaliev 40
2.Soli Qurbonov 34
3.Murod Xolmuhammedov 33
4.Rustam Abdullaev 32
5.Oydinbek Aliev 30
6.Zohid Nurmatov 29
7.Suhrob Berdiev 25
8.Nosir Otaqo'ziev 24
Sizningcha Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912"da gol urish bo'yicha birinchi o'ringa chiqa oladimi?
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar