So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

Murod Bobojonov: “Buxoro” bilan bo'ladigan o'yinga qizg'in hozirlik ko'ryapmiz" Yangiliklar

Murod Bobojonov: “Buxoro” bilan bo'ladigan o'yinga qizg'in hozirlik ko'ryapmiz"

“Lokomotiv” jamoasi davralar oralig'idagi tayyorgarlik jarayonini endilikda o'z qarorgohida davom ettirmoqda.

“Temiryo'lchilar” 28 iyulda O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida “Buxoro”ga qarshi javob o'yinini o'tkazadi. Jamoa hujumchisi Murod Bobojonov mazkur bahsga hozirlik jarayoni xususida klub matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.

- Murod, “Lokomotiv” Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik jarayonini qay tariqa olib bordi?


- Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonini yaxshi boshladik. Yaqinda Minsk shahrida o'quv-yig'ini o'tkazib qaytdik. U erda 3 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushdik. Bu o'yinlarda 2 ta g'alaba hamda 1 ta durang qayd etdik. Umuman olganda, xorij yig'ini alo darajada o'tdi. Ana endi Toshkentga qaytib ham mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz. Tarkibimiz ancha kuchaytirilmoqda. Qolaversa, jarohat olgan futbolchilar ham safga qayta boshlashdi. Nasib etsa, ikkinchi davrani ajoyib tarzda o'tkazmoqchimiz.

- “Lokomotiv”ni 28 iyul kuni Kubok doirasidagi “Buxoro” bilan o'yin kutib turibdi…


- Ushbu o'yinga ham hozirlikni davom ettiryapmiz. Har kuni mashg'ulotlar o'tkazilyapti. Mashg'ulotlar ancha rang-barang hamda qiziqarli o'tayotganini takidlashim lozim.

- Raqib jamoa o'yini ham tahlil etilmoqdami?


- Ha, albatta. Masalan, kuni kecha “Buxoro” bilan chorak final ilk o'yinimizni tomosha qildik. O'sha bahsda “Buxoro” ham ancha yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Uchrashuv esa durang bilan nihoyasiga etgan edi. Ushbu klub ham ancha shakllanganini chempionat davomida namoyish etib kelyapti. Birinchi o'yinda ancha qiyinchilikka duch kelganimiz bejiz emas.

- “Lokomotiv” chempionat bilan birgalikda kubok bahslarida ham o'z oldiga eng oliy maqsadni qo'ygan bo'lsa kerak…


- Ha, albatta! Biz faqat va faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz!


TAS-IX Emas


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика