Murod Bobojonov: "So'nggi to'rt o'yinda uch gol? Bundan ham yaxshirog'iga harakat qilaman"

Оқил Абдубарноев
24 avg 2025, 12:30
Superliganing 20-turidan o'rin olgan OKMK – "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Murod Bobojonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida...

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Oxirigacha kurashdik. G'alaba qozonish nasib etmagan ekan. Keyingi uchrashuvlarda muvaffaqiyat qozonamiz degan umiddaman. 

- "Xorazm"ning oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborayotgani haqida...

- Jamoa 15 yil deganda, Superliga ishtirokchisiga aylandi. Xatolar ustida ishlayapmiz. Futbolchilarda biroz tajriba va kuch-quvvat yetishmayapti. Keyingi o'yinlarda oxirigacha kurashamiz. 

- Murod Bobojonov oxirgi to'rt o'yinda uchinchi golini urdi...

- Bundan ham yaxshiroq ko'rsatkichlar qayd etishga harakat qilaman. 

- Maydon holati haqida...

- Maydon yil boshida ajoyib holatda edi. Hozir esa unday deya olmayman. O'yin davomida to'xtovsiz harakatda bo'ldik, yigitlar borini berishdi, shu bois, ularda tomir tortishish alomatlari paydo bo'lgandir.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia