So’nggi yangiliklar

12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  0 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  0 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  1 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  2 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  3 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  6 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1 07:48Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси  4 07:26CAFA. Бугун Туркманистонга қарши майдонга тушамиз  20 02:00Санчо "Астон Вилла"га ўтди  2

Mundial oldidan. Odil Hamrobekov: "Futbolimiz tarixida yangi sahifa ochmoqchimiz" Yangiliklar

Mundial oldidan. Odil Hamrobekov: "Futbolimiz tarixida yangi sahifa ochmoqchimiz"

Yoshlarimiz jahon chempionatiga jo'nab ketish oldidan saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Buning uchun bizga etarlicha sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib bergan O'FFga minnatdorchilik bildiramiz. Ko'nglimiz to'lgan. Evropadagi nazorat o'yinlari orqali hammamiz etakchi tayyorgarlikka ega bo'ldik. Futbolchilarda kayfiyat alo darajada. Nasib bo'lsa yurtimizni, ota-onamizni, yaqinlarimizni, muxlislarimiz va O'zbekistonni oldida yorug' yuz bilan qaytish uchun bor imkoniyatimizni ko'rsatamiz. O'zbekiston futboli tarixiga yangi saxifa ochmoqchimiz. Finalda o'ynashni istaymiz. Keyingi hayotimizga mana shu chempionat orqali zamin yaratmoqchimiz", - deydi Odilbek Hamrobekov.

- Buning uchun imkoniyatimiz etadi deb o'ylaysizmi?


Nima uchun etmas ekan. Biz o'zimizga ishonamiz. Ulardan hech qanday kam joyimiz yo'q. Biz ham xuddi ulardan futbol o'ynay olamiz. Inson uddalagan ishni , inson uddalay oladi. Qo'rqqanimiz yo'q. Mana biz ham Osiyo chempionatida so'nggi o'yindan tashqari barchasida ishonchi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman.

- Birinchi o'yin Gondurasga qarshi bo'ladi. Bu jamoa bilan o'smirlar termamiz ham to'qnash kelgan. Germaniya Evropa chempionlaridir. Guruhdagi vaziyat borasida fikringiz qanday?

Har bir o'yinga alohida tayyorgarlik va taktikada maydonga chiqamiz. Har bir raqibni imkoniyatlarini o'rganib chiqdik. Germaniyani futbolchilariga haqida malumotlarni ko'rdik. Maydon tekis, to'p yumoloq. 90 daqiqa maydonda kurashamiz va yuqorida aytganimdek inson uddalaganini , inson uddlay oladi. Oldinda kuchli o'yinlar kutib turibdi. Ichki chempionatda 100 foiz tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsak, O'zbekiston nomida maydonga tushayotgan o'yinda 200 foiz kuch bilan chiqamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика