So’nggi yangiliklar

20:27Расман: Испания Қироллиги футбол федерацияси Педрининг жароҳати бўйича маълумот берди  0 20:16Евро-2024. Англия – Швейцария. Таркиблар маълум  4 20:06"Сўғдиёна" - "Нефтчи". Кимлар асосий таркибда?  3 19:53"Арал" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  7 19:43"Локомотив" "Краснодар" тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  2 19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  2 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  5 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  20 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  2 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  3 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  17 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15

Muhsin Muhammadiev: “Marokashda samovarni charm kurtkaga almashtirgandik” Yangiliklar

Muhsin Muhammadiev: “Marokashda samovarni charm kurtkaga almashtirgandik”

“Spartak” safida Rossiya chempioniga aylangan Muhsin Muhammadievni ishqibozlar yaxshi bilishadi. U ikki terma jamoa – Tojikiston va Rossiya sharafini himoya qilgan.


Hujumchi oliy ligamizda ham ishqibozlarni chiroyli o'yinlari bilan xursand qilgan. Uning yaqinda bergan intervyusini etiboringizga taqdim etamiz.


- Faoliyatingiz “Pomir”da boshlangan. Birinchi katta klubingiz esa “Dinamo” Kiev bo'lishi mumkin edi.

- Kievga 1990 yilning dekabrida kelgandim. 6 martda esa “Dinamo”ni Kubok egalari Kubogida “Barselona” bilan o'yin kutib turardi. Raqib safida Stoichkov, Laudrup, Kuman o'ynardi, ularni faqat televizorda ko'rgandik. O'yinga ishtaha saqlayotgandimda meni ro'yxatdan o'tkazishmagani malum bo'lgandi.

- Sizdan Kievni tark etishni so'rashganmi?

- Yo'q. Yarim yil amaliyotga ega bo'lish uchun o'rinbosarlar safida boshqa familiyada o'ynashimni aytishgan. Uzoq o'ylaganman. Yarim yil deyarli futbolsiz qolishni qabul qilib bo'lmaydi. Kievda futbolchilarga nisbatan boshqacha munosabat, yuqori saviyani ko'rgandim. Jamoadan ketish og'ir bo'lgan. Masalan, liboslarni o'zimiz yuvardik va yonimizda sovun olib yurardik. Kievda esa uni qiladigan alohida xodim bor edi. Biroq katta futbolsiz qololmasdim va “Pomir”ga qaytganman.

- Qaytishingizni qanday qarshi olishgan?

- Muammosiz. Yigitlar va murabbiy iliq qarshi olganlar. O'yinlarda o'zimni motociklda yurgandek his qilardim. CHunki tayyorgarlik jarayonini Kievda o'tagandim. Maydonda raqiblarni sezmasdan shunchaki uchib yurardim. Bu ikki oycha davom etgan. “Dinamo”da esa qaytishimni shok bilan kutib olishgandi. Ehtimol, ranjishgan. Ular ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha muammoni hal qilishga ishonishgandi. “Pomir”ga million rubl pul taklif qilishgandi. O'shanda transferlar bilan qiziq voqealar yuz berardi. Aytaylik, “Yuventus” Zavarov uchun to'lovga “Skaniya” avtobusini ham ajratgandi. Oddiy avtobusda yurardik, uning ichida esa televizor bor edi. Bunaqasini faqat chetda ko'rgandik. Maishiy texnika umuman yo'q bo'lgan.

- Futbolchilar Evropa yoki Amerikadagi yig'inlarda shu narsalar bilan shug'ullanishgan.

- Faqat bugina emas. Eronga borsak, sotish uchun oddiy lampochkalarni olardik. Bu eng foydali biznes edi. Birma va Afrikada bo'lgandik.

- Afrikada nima sotib olgansizlar? Bananmi?

- Nega? Marokashga “Pomir” bilan ajoyib safarga borganmiz. O'zimiz bilan samovarlar olganmiz. Keyin uni almashtirgandik.

- Nimaga?

- Kasablankaga keldik. Taassurotlar og'ushidamiz: mehmonxonadan ko'rinish ajoyib, dengizgacha 50 metr, ulkan to'lqinlar. Bizni aylantirishga olib chiqishdi. Tarjimon yuklarimizni o'zimiz bilan olmasligimizni aytmoqda. Biz esa ularni avtobusga joylayapmiz. O'shanda u hech narsa olish shart emasligi va ruschada to'g'ri tushuntirganini so'ragandi. Biz esa joylardik, chunki ularni sotishga olib kelgandik. Yakunda u etibor qilmadi. U bizga qaerga borishni tushuntirayotganda darhol bozorni so'ragandik. Bozorga ertaga borishimiz rejalashtirilganini aytganda biz bozorga borish lozimligini aytgandik. Oxiri murabbiy ham bunga ko'ngan.

Bir necha soatdan keyin bizni bozorda tanib olishgandi. O'zlari kelib, nimalar borligini so'rashardi. O'zimiz bilan Tula samovarlarini olgandik. Bizda uning narxi 54 rubl, charm kurtka 700 rubl turardi. Ikkita samovarni bir kurtkaga almashganmiz. Tasavvur qilyapsizmi? 7 baravar foydaga! Mahalliy odamlar bilan imo-ishoralar orqali bir-birimizga tushuntirardik. To'g'risi, haligacha marokashliklarga nega bizning samovarlar kerak bo'lganini tushunmayman.

- Yana qaysi mamlakatda faqat futbol emas, balki tijoriy munosabatni yo'lga qo'ygansizlar?

- Afg'onistonga 1987 va 1988 yillarda ketma-ket ikki marta borgandik. Ko'chalarda odamlar, hatto yoshlar ham avtomat va harbiy qalpoqda yurishardi. Mehmonxonada elektrni uzib qo'yishardi.

- U erdan nima olib kelganingiz haqida so'rashga ham qo'rqamiz.

- U erda Tojikiston va O'zbekistonda to'ydan oldin rafiqasiga sovg'a qilish shart bo'lgan gazlama sotishardi. Keyin uni kelin tomon sarpoga qo'yadi, barcha kelib ko'radi. O'shanda 3 metr shunday mato bizda ming rubldan edi. Afsuski, 15 metrdan ortiq mato olib kirish taqiqlangandi.

- Sport tarafdan o'sha ekzotik safarlar foydali bo'lganmi?

- Qiziq o'yinlar bo'lgandi. Marokash terma jamoasi bilan maydonga tushganmiz. Birinchi uchrashuvda 3:0 hisobida oldinda edik, lekin 3:4 hisobida yutqazganmiz. Ikkinchisida esa aksincha, 0:3 hisobida engilib turib, yutib ketgandik. O'shanda Kasablanka klubida Yuriy Sevastyanenko ishlardi. O'shanda men va Vasya Postnov unga yoqib qolganmiz. SHartnoma taklif qilishgan, oyiga 3 ming dollarlik maosh bilan. Dahshatli summa!

Lekin murabbiyimiz unda muammolar bo'lishini aytib, ruxsat bermagan. Bir oydan keyin esa Ittifoq tarqab ketgan. CHempionatda qaysi jamoalar o'ynashi nomalum edi. Yakunda “Lokomotiv” Moskvada Vasya bilan ozroq o'ynadik, keyin yo'llarimiz ayro tushdi. Postnov Marokashga ketib, Afrika CHempionlar ligasini yutdi. Syomin meni safardan qaytargandi. Ehtimol, yaxshilikka bo'lgandir. Lekin 3 ming dollar katta pul edi. Moskvada esa valyutaga mahsulot sotiladigan magazinga kirib, 50 dollarga bir juft shokolad sotib olardik. Boshqa narsaga pul etmasdi.

- Baribir Rossiyani tark etib, Turkiyaga yo'l olgansiz.

- O'shanda hamma xorijga ketishni xohlardi. Bizda unga yaqin sharoitlar yo'q edi. Valeriy Nepomnyashiy “Anqaraguju”ga taklif qilgandi. Qurbon Berdiev esa “Genchlerbirligi”da ishlardi. Keyinchalik Valeriy Kuzmich o'sha yoqqa o'tishimni maslahat bergandi. Avval ham tanish edik, o'shanda do'stlashib ketdik. Oilamiz bilan bir-birimiznikiga mehmonga borardik.

- O'sh paytda Turkiya chempionati saviyasi qanday edi?

- Ittifoq chempionati kuchliroq bo'lgan. Rossiya chempionati haqida bunday deyolmayman. Turkiyada esa Hoqon SHukur bilan tengdosh futbolchilarning kuchli avlodi etishib chiqayotgandi. Klublar kuchli edi, lekin “Spartak” “Galatasaroy”ni Evrokuboklarda mag'lub etgandi. “Fenerbaxche”yanada kuchliroq jamoa edi.

- Qay biri mashhurroq Galatasaroy”mi yoki “Fenerbaxche?

- “Fenerbaxche” menga “Spartak”ni eslatib yuborardi. Uni shunday yaxshi ko'rishardi. Hozir har ikki klub deyarli teng darajada mashhur, avval “Fener” mashhurroq edi.

- Anqarada qanday yashagansiz?

- Menga yoqqan. Istambul bilan solishtirganda katta emasdi, albatta. Lekin yashash qulay bo'lgan. Mashinasiz dastlab qiyin edi. Stadiondan uygacha 20 daqiqalik yo'l edi. Mashg'ulotdan keyin charchardim. Keyin mashina paydo bo'ldi. Til bo'yicha muammo uchramagan. Bir haftadan keyin erkin gapirib ketgandim. Uni xuddi doim bilgandek oson tushungandim. Aslida turkcha tojik tilidan ko'ra, ozarcha, turkman yoki o'zbek tiliga yaqinroq sanaladi. Nepomnyashiy ketishni istagandan keyin u erda qolishni xohlamadim.

- Yangi murabbiy o'z futbolchilarini olib kelganmi?

- Yo'q, u menga ishonch bildirgan, chempionat oxirigacha o'ynaganman. Mavsum tugagach, Moskvaga “Lokomotiv” menga Marokashga ketmasligim uchun sovg'a qilgan uyga qaytdim. 1994 yil edi. “Spartak” Braziliyaning “Palmeyras” klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'ynashi kerak edi, futbolchi etishmagan. Yarim jamoa jahon chempionatiga yo'l olgandi. Meni taklif qilishdi. Dastlab o'yin oldidan mashg'ulotda ishtirok etdim. So'ng Romancev darhol jamoasiga o'tishim haqida qiziqdi. “Palmeyras” bilan bellashuvda vaziyatlar yaratdim. O'shanda raqib tarkibida bizning o'ng qanotda Kanchelskisni qandaydir yosh o'yinchi rosa qiynagandi. O'shanda uning Roberto Karlos ekanligini bilmagandik. O'yin davomida u qanday qilib Kanchelskisni aylantirganiga hayron bo'lgandik.

- “Spartak”ka o'tishingizda muammo paydo bo'lmaganmi?

- Turklar hujjatlarni yuborishmagandi. Ularga transfer uchun pul to'lab bo'lingandi. Oxiri meni ro'yxatdan o'tish tugashiga bir necha soat qolganda rasmiylashtirishga ulgurishgan. “Kamaz” bilan o'yinning ikkinchi bo'limida tushib, to'p kiritgandim. Jamoaga tez moslashdim, birinchi mavsum omadli o'tdi. 1995 yilni xet-trik bilan boshladim, 6 o'yinda 6 gol urdim. Keyin Onopko, Nikiforov, Pyatnickiy jarohat oldi. “Alaniya”, “Rotor”ga yutqazdik. Vladikavkazdajuda qulay imkoniyatdan foydalana olmadim.

Birinchi davra o'rtasida jamoaga Yuran, Kulkov, CHerchesov, SHmarov keldi. Jamoada 8 hujumchi bo'lib qoldi. CHempionlar ligasi arafasida Romancev Yuran – SHmarov juftligiga umid qilayotgani bilindi. Hatto, Pisarevni chap qanot yarim himoyasiga o'tkazishdi. Andrey Tixonov o'ng qanotga joylashtirildi. Raqobat aqldan ozdiradigan holatda edi. Mashg'ulotlarda rasmiy o'yinlardan qiyinroq edi, bunga ishoning. Asosiy tarkibdan o'rin olish qiyin edi. Murabbiylardan xafa bo'lmaganman, ular rostdan ajoyib jamoa shakllantirishgandi. CHempionar ligasida qayd etilgan natijalarni eslang. Guruhdagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonilgan. CHempionlikni “Alaniya”ga boy berganimiz vaziyat taqozosi bo'lgandi. Vladikavkazliklar tasodifan yutishmagandi, lekin “Spartak” baribir kuchliroq edi. Jarohatlar bo'lmaganda chempionlikni berib qo'ymasdik.

- Yakunda jamoadan ketdingiz.

- Oleg Ivanovich shoshmaslikni maslahat berdi. Bir necha oy kutishim kerakligini aytdi. O'shanda Yuran va SHmarov tez orada ketishini bilmasdim. Kuta olmasdim. Hozir esa shoshilmaslik lozim bo'lganini tushunib turibman. Keyin esa murabbiy Valeriy Ovchinnikov paydo bo'ldi.

- Mashhur Borman!

- Ha, u Nijniy Novgorodga taklif qildi. O'tishni istamaganim uchun juda katta summa xohlashimni takidladim. U esa bunga rozi bo'ldi. Ko'tarma pulini Dushanbedan qaytib kelishimda aeroportda tayyorlab turishini aytdi. Va u qaerdandir raqamimni bilib, Dushanbega qo'ng'iroq qildi. Oxir-oqibat Novgorodga keldim. “Spartak”dan keyin umuman boshqa saviya edi. Mavsumda 11ta gol urdim. SHartnomamda 15 to'p kiritsam, katta mukofot puli olishim haqida yozilgandi. O'shanda Ovchinnikov buni bajargan taqdirimda pulni qaerdan olish to'g'risida bosh qotirganini tan olgandi. O'yinlar davomida meni almashtirardi. U yaxshi ruhshunos edi. Bizga aytardi: “Yaxshi pul to'layapman. Yana mashq qildirishim ham kerakmi?” U 8 soat gapirishi va bir gapini ikkinchi marta takrorlamasligi mumkin edi. Afsuski, jamoa ligadan tushib ketdi va men Avstriyaga, Rashid Rahimovning oldiga yo'l oldim.

- U erda ishlar o'xshamadi.

- Jamoamni topmagandim. Qanot yarim himoyasida o'ynadim. Hujumda 2 o'yinda gol urmadim va hujumdan uzoqroq poziciyalarga qo'ya boshlashdi. Qanotda ko'proq yugurish lozim edi. Bunday yuklamaga tayyor emasdim. Keyin Rossiyaga qaytdim.

- Romancev, Syomin, Nepomnyashiy kabi murabbiylar bilan ishlagansiz. Kimdan ko'proq narsa o'rgangansiz?

- Menga Romancevning futboli yaqinroq. Valeriy Kuzmichdan ham ko'p narsa o'rganganman. “Rubin”da sport direktori bo'lib ishlab, Qurbon Berdievdan ham yaxshi saboqlar oldim.

- “Rubin” “Barselona”ni “Kamp Nou”da dog'da qoldirganda zaxira o'rindig'ida bo'lganmisiz?

- U erda nima qilaman? Zaxirada o'tirgan sport direktorlarini ko'rsam, ular nima qilib berishlari mumkinligini o'ylayman. Kameralar oldida chiroyli ko'rinish uchunmi? Direktorlar tribunada o'tirishlari kerak. O'shanda “Barsa” prezidenti Laportadan uzoqroq bo'lmagan joyda o'tirgandim. O'yindan avval murabbiylar shtabi raqib haqida ipidan-ignasigacha barcha malumotlarni etkazgandi. Futbolchilar buni bajargan va g'alaba qozonganmiz.

- Oxirgi ish joyingiz Tojikiston terma jamoasi bo'ldi.

- Ikki yilda katta ishlarni amalga oshirdim deb hisoblayman. Muxlislar terma jamoada o'z uslubi paydo bo'lganini aytishdi. Nafaqat terma jamoa, balki yoshlar termalari bilan ham shug'ullandim. Keyinchalik milliy termada o'ynab ketadigan yoshlar ko'p. Qilingan ishlar samarasini ko'rish uchun ko'proq vaqt kerak edi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика