Muhsin Muhammadiev "Buxoro" bazasidan ketdi. Bosh murabbiylikka asosiy nomzod - Xomyakov

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2020, 20:20
"Buxoro" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishi kutilmoqda.

Hozirga qadar bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan tojikistonlik murabbiy Muhsin Muhammadiev bazani tark etgan, biroq hozircha bo'shash haqida ariza yozmagani aytilmoqda.

Juda katta ehtimol bilan "Buxoro"ga Aleksandr Xomyakov yangi bosh murabbiy bo'ladi.

"Buxoro" Coca Cola Superligasining 9-turidan so'ng, 8ta o'yindan 2 ochko to'plab musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia