Muhsin Muhammadiev Buxoro jamoasi bosh murabbiyiligini tark etdi

Alisher
27 iyul 2020, 17:21
"Buxoro" murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi.

Jamoa bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev bilan muzokaralar olib borgan jamoa rahbariyati o'zaro kelishgan holda o'rtadagi shartnomani bekor qilishib, murabbiy bilan do'stona xayrlashishdi. Jamoa rahbariyati Muhsin Muslimovichga minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Jamoa bosh murabbiyi etib mahalliy mutaxassis Jamshid Saidov tayinlandi. Murabbiy bundan oldin ham Buxoro jamoasida faoliyat olib borgan. Saidov boshchiligida jamoa 2016 yil mavsum to'rtinchi o'rinni qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати