So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Muhim o'yinda qarshimizda yana Koreya Yangiliklar

Muhim o'yinda qarshimizda yana Koreya

Milliy terma jamoamiz bugun Seulda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi juda muhim uchrashuvda maydonga tushadi.

Jahon chempionati saralash bahslarining birinchi davrasini yakunlab beradigan o'yinda qo'lga kiritiladigan g'alaba yoki durang bizga yilni yuqori ikki o'rinda tugatishga imkon beradi. SHu sababli o'yinning ahamiyati juda yuqori. Ushbu jamoa esa guruhda barchadan ko'proq etibor qaratishga arziydi.

Janubiy Koreyada futbol associaciyasi 1928 yilda tashkil etilgan bo'lsa-da, FIFA va OFK azoligiga ular ancha yillar o'tib kirishgan. Hozirgi paytda mamlakatda futbol bilan muntazam shug'ullanuvchilar soni bir milliondan ortiq. Futbolchi sifatida ro'yxatga olingan insonlar soni 31127 nafarni tashkil qiladi. Associaciya tomonidan rasman 100 futbol klubi ro'yxatdan o'tkazilgan. Futbol mavsumi bahorda boshlanib, kuzda nihoyasiga etadi. Koreyada universitetlar o'rtasidagi chempionatlarda ham o'ta iqtidorli futbolchilar to'p tepishadi. Ushbu ligadan chiqqan aksariyat o'yinchilar keyinchalik milliy terma jamoa sharafini himoya qilishga ham erishishgan. Bu esa futbol sohasida koreyslarning o'ta professional saviyaga chiqqanini ko'rsatib turibdi.


JANUBIY KOREYA TERMA JAMOASI
Laqabi:
"Tegu jangchilari"
Bosh murabbiyi: Uli SHtilike (Germaniya)
Sardori: Ki Sun Yun
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Xon Myun Bo (136)
To'purari: CHa Bum Kun (58)
FIFA reytingidagi o'rni: 44
Eng yuqori o'rni: 17 (1998 yil dekabr)
Eng quyi o'rni: 69 (2014 yil noyabr, 2015 yil yanvar)
Birinchi rasmiy o'yini: Gonkong - 5:1 (Gonkong, 1948 yil 6 iyun)
Eng yirik g'alabasi: Nepal - 16:0 (Inchon, Koreya, 2003 yil 29 sentyabr)
Eng yirik mag'lubiyati: SHveciya - 0:12 (London, Angliya, 1948 yil 5 avgust)

Janubiy Koreyada oxirgi yillarda futbolga katta etibor qaratilmoqda. Ular dastlab milliy liga hisoblangan K ligani tashkil qilib, shu asosda klublar, futbolchilar va murabbiylar mahoratini o'stirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqishdi. O'z-o'zidan bu mamlakatda futbol va terma jamoalarning o'sishiga xizmat qildi. Bunda 2002 yil Koreyada bo'lib o'tgan jahon chempionatining hissasi ham katta bo'ldi. Millionlar o'yinining ommaviyligi keskin darajada ortib, futbolchilar yangi saviyaga ko'tarilishlari mumkinligini bevosita his qilishdi. Yoshlar bilan ishlashga chet eldan malakali mutaxassislar chaqirildi. Ular mahalliy murabbiylar saviyasini o'stirishga yordam berishdi. 15 yillar avval bu harakatlarning samarasi dastlab 2002 yilgi mundialda ko'zga tashlandi. Keyinchalik koreys futbolchilarining Evropa klublarida o'ynashi odatiy holga aylandi. Hozirgi paytning o'zida o'nga yaqin futbolchilar kuchli chempionatlarda to'p tepishyapti.
Terma jamoada avlodlar almashinuvi ro'y bergan bo'lishiga qaramay, Koreya o'yini va natijalarida pasayish ko'zga tashlanmadi. Bu esa futbol tizimi, terma jamoalarga futbolchi etishtirib berish to'g'ri yo'lga qo'yilganini isbotlaydi. Oxirgi ikki yirik musobaqada koreyslar bizni dog'da qoldirishdi. Jahon chempionati saralash bosqichi va Osiyo Kubogi chorak finalidagi mag'lubiyatlar tufayli mundial hamda musobaqa yarim finalidan chetda qoldik. O'sha mag'lubiyatlar uchun qasos oladigan payt etib keldi. Umid qilamizki, bu safar terma jamoamiz nihoyat koreyslarni dog'da qoldiradi.


JANUBIY KOREYA FUTBOL ASSOCIACIYASI
Tashkil topgan yili:
1928
FIFA azosi: 1948
OFK azosi: 1954
Prezidenti: CHun Mon Gyu
Rasmiy sayti: www.kfa.or.kr
Futbol bilan shug'ullanuvchilar soni: 1094227
Ro'yxatdan o'tgan futbolchilar soni: 31127
Klublari soni: 100
Futbol rasmiylari soni: 4648

O'zbekistonga qarshi bellashuv Seulda joylashgan “World Cup” stadionida o'tkaziladi. U erda “Seul” uy o'yinlarini o'tkazib keladi. Stadion 66704 ishqibozga mo'ljallangan. 2001 yil noyabr oyida ishga tushirilgan stadion uchun 185 million AQSH dollari sarflangan. 2002 yil jahon chempionati bahslaridan bir qanchasi aynan shu stadionda bo'lib o'tgan.

JANUBIY KOREYA RESPUBLIKASI
Rasmiy nomi:
Dayxanminguk
Poytaxti: Seul
Hududi: 99313 kv.km.
Aholisi: 50 mln
Valyutasi: von
Internet domeni: .kr


Bosh murabbiy germaniyalik afsonaviy futbolchi va murabbiy Uli SHtilikedir. U futbolchi faoliyatida “Borussiya” M va “Real” Madridda o'zini ko'rsatgan. Germaniya va Ispaniyada qatorasiga 6 marta milliy chempionatda zafar quchgan. 2 bor UEFA Kubogini va 1980 yil terma jamoa bilan Evropa chempionligini qo'lga kiritgan. 1982 yil jahon chempionati finalida uning termasi finalda Italiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Koreya terma jamoasini 2014 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda.

Ulrix SHTILIKE
Tug'ilgan sanasi:
15.11.1954
Tug'ilgan joyi: Ketsh, Germaniya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1972–1977 “Borussiya” M 109 (12), 1977–1985 “Real” Madrid 215 (41), 1985–1988 “Ksamaks” 66 (0).
Germaniya terma jamoasida 1975–1984 yillarda 42 o'yinda 3 to'p kiritgan.

Boshqargan jamoalari: 1989–1991 SHveycariya terma jamoasi, 1992–1994 “Ksamaks”, 1994–1995 “Manxeym”, 1996 “Almeriya”, 1998–2000 Germaniya terma jamoasida maslahatchi, 2000–2006 Germany (U19 / U20 / U21), 2006–2008 Kotd Ivuar terma jamoasi, 2008 “Son”, 2008–2010 “Al Arabi”, 2010–2012 “Al Sailiya”, 2013–2014 “Al Arabi”, 2014 yilning yozidan Janubiy Koreya terma jamoasida.
Sovrinlari: Germaniya chempioni - 1975, 1976, 1977, Germaniya Kubogi sohibi – 1973, UEFA Kubogi sohibi – 1975, 1985, Ispaniya chempioni - 1978, 1979, 1980, Ispaniya Kubogi sohibi - 1980, 1982, SHveycariya chempioni - 1987, 1988, Evropa chempioni – 1980, jahon chempionati kumush medali sohibi – 1982, Osiyo Kubogi finalchisi-2015.

Uli SHtilike Kanada va O'zbekistonga qarshi o'yinlar uchun quyidagi futbolchilarni yig'inga taklif etgan. 25 nafar o'yinchidan 16 nafari xorij chempionatlarida to'p tepadi. Mahalliy klublardan eng ko'p nomzod “CHonbuk Motors”dan chaqirilgan – 6 nafar.

Darvozabonlar: Kvon Sun Tae ("CHonbuk Motors"), Kim Seung Gyu ("Vissel Kobe", Yaponiya), Kim Jin Xyon ("Serezo Osaka", Yaponiya)

Himoyachilar: Kim Ki Xi ("SHanxay SHenxua", Xitoy), Xong Jeong Xo ("Jiangsu Suning", Xitoy), Jang Xyun Su ("Guanchjou RF", Xitoy), Xong CHul ("Suvon Samsung"), Kvak Tae Xvi ("Seul"), Kim CHang Su ("CHonbuk Motors"), CHoi CHul Sun ("CHonbu Motors"), Park Ju Xu ("Borussiya D", Germaniya), Yun Suk Yung ("Brondbyu", Daniya)

Yarim himoyachilar: Kim Sung Yung ("Suonsi", Angliya), Li CHung Yong ("Kristal Pelas", Angliya), Ku Ja CHol ("Augsburg", Germaniya), Son Xen Min ("Tottenxem", Angliya), Ji Dong Von ("Augsubrg", Germaniya), Xan Kuk Yung ("Al Garafa"), Li Jae Sung ("CHonbuk Motors"), Jung Vu Yong ("CHongking Lifan", Xitoy), Kim Bo Kyung ("CHonbuk Motors"), Nam Tae Xi ("Laxviya", Qatar).

Hujumchilar: Kim SHin Vuk ("CHonbuk Motors"), Xvang Xi CHan ("Red Bull Zalcburg", Avstriya), Li Jeong Xyop ("Ulsan Xyunday") 


Janubiy Koreyaning 2016 yilgi o'yinlari

24 mart   Janubiy Koreya – Livan – 1:0
Gol:
Li Jyon Xyop 90+3.

27 mart   Tailand – Janubiy Koreya – 0:1
Gol:
Sun Xyun Jun 4.

1 iyun   Ispaniya – Janubiy Koreya – 6:1
Gol:
Ju Se Jon 83.

6 iyun   CHexiya – Janubiy Koreya – 1:2
Gollar:
Yun Bit Garam 26, Sun Xyun Jun 40.

1 sentyabr   Janubiy Koreya – Xitoy – 3:2
Gollar
: Jeng Ji 20-avt, Li CHun Yong 62, Ku Ja CHol 66.

6 sentyabr   Suriya – Janubiy Koreya – 0:0

6 oktyabr   Janubiy Koreya – Qatar – 3:2
Gollar:
Ki Sun Yun 11, Ji Don Von 56, Son Xyon Min 58.

11 oktyabr   Eron – Janubiy Koreya – 1:0

10 noyabr   Janubiy Koreya – Kanada 2:0

Gollar: Kim Bo Kyung 10, Li Jyon Xyop 25


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика