So’nggi yangiliklar

18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  9 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   1 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  4 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  5 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0 15:24БУМ! Кейинги мавсум Лео Месси "Барселона"га қайтади  34 14:55Расман: "Динамо" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади!  4 14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  17 14:10Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  2 13:39Бобур Абдураҳмонов: "Болалар мураббийларини энг кўп қийнаётган муаммо - майдонлар камлиги"  1 13:35ФИФА 2025 йил учун футзал, соҳил футболи, фитнесс ҳамда футбол ҳакамлари техник инструкторлари рўйхатини эълон қилди  0 12:59"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 12:402031 йилги Осиё кубоги мезбонлигига яна қайси мамлакатлар даъвогар?  12

Muhammad Nazem: "Finalda eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik" Yangiliklar

Muhammad Nazem: "Finalda eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik"

O'zbekiston va Eron uchrashuvidan so'ng, eronliklar bosh murabbiyi Muhammad Nazem ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.
- Final o'yini shunday qiyin bo'lishini kutganmidingiz?
- Avvalo O'zbekiston futbol Federaciyasiga va musobaqani tashkil etishda qatnashgan barcha barchaga rahmat aytaman. Turnir yuqori saviyada o'tishida bosh qosh bo'lgan OFKga ham minnatdorchilik bildiraman. Oxirgi ikki qita chempionatida g'olib bo'la olmagandik. Bunga sabab sifatida jamoada avlodlar almashinuvi bo'lganini aytish mumkin. Bu yil Federaciyaning qo'llab quvvatlashi tufayli va o'tish davrini ortda qoldirganimiz tufayli yana Osiyo chempioniga aylandik. Klub futzalida Eronning “Tasisat Daryoi” klubi Osiyo chempioni bo'ldi. Ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatda Eron g'olib bo'ldi. Nihoyat biz bugun qitada tengsiz bo'ldik.

Qitamizda futzalning rivojlanishini bilardik. SHu bois chempionlik osonlik bilan qo'lga kiritilmasligini bilardik. O'zbekiston terma jamoasini fantastik o'yin va natija bilan tabriklayman. Musobaqaga kelgan barcha muxlislarga rahmat aytaman, akalarimiz-ukalarimiz, singillarimizning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Osiyo chempionati ajoyib muhitda o'tdi.

Finaldagi natija va o'yin O'zbekistonda futzal rivojlanganini ko'rsatib berdi. Biz doim muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishga umid qilamiz.

Bosh murabbiy bilan birga Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Asqar Hassanzoda ham matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bu mukofotdan so'ng o'zingizni qanday his qilayapsiz? Bugungi o'yin haqida nima deya olasiz?

Asqar Hassanzoda: - Eng avvalo OFKga tashkilotchilik uchun rahmat aytaman. CHempionatni tashkil etishda ishtirok etgan barcha o'zbekistonliklarga va O'zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildiraman. Bu yilgi musobaqa ham 2010 yildagi kabi yaxshi taassurotlar bilan yodimda qoladigan bo'ldi. Bu sovrindan ko'ra oltin medal menga ko'proq yoqmoqda. Ushbu sovrinda jamoamizning barcha o'yinchilarining xissasi bor. Sovrin butun jamoaniki.

- Bugun O'zbekiston terma jamoasi Eronga juda jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Nega boshqa jamoalar bunday o'ynay olishmadi deb o'ylaysiz?
- Eng avvalo ikkala jamoaning o'yin uslubi bir-biriga yaqinligi va O'zbekistonda futzal rivojlanayotgani tufalyi ham shunday bo'ldi. Bundan tashqari jamoada ajoyib murabbiy faoliyat olib bormoqda. Muxlislarni alohida takidlab o'tgan bo'lardim. Ular butun o'yin davomida O'zbekistonni tinmay qo'llab quvvatlab turishgani ham raqibga kuch bag'ishladi. Biz bunday vaziyatga Braziliyadagi gran-prida ham tushib qolgandik.

- Eron terma jamoasi finalda eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz degandingiz. Bugun shunday o'ynay oldingizmi?
- 100 foiz emas. Biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz.

- Eron terma jamoasi 11 karra Osiyo chempioni hisoblanadi. Ammo Jahon chempionatida faqat bir marta 4-o'rinni olgan. Bu yil medal olish uchun imkoniyat qanday deb o'ylaysiz?
- Olti oy oldin reja tuzganimizda Jahon chempionatini hisobga olib tuzgandik. Musobaqadan oldin kuchli besh jamoasi orasiga kirishimizga va Kolumbiyaga borishimizga yuz foiz ishonardik. Mundialda shoxsupaga ko'tarilishini istaymiz. Osiyoda “yo'qotib qo'ygan” narsamizni qaytarib oldik.
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика