So’nggi yangiliklar

22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  17 21:37"Валенсия" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  6 21:34"Астон Вилла" — "Челси". Асенсио ва Палмер асосий таркибда, Рэшфорд захирада  5 21:14"Торино" — "Милан". Таркиблар маълум  1 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  2 20:08"Самсунспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  2 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  13 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48 19:15Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 18:37U20 Осиё Кубоги. Австралия иродали ғалаба билан ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  8 17:54Анри Беллингемнинг сўкиниши ҳақида: "Ким бўлишингдан қатъий назар, бундай дейишга ҳаққинг йўқ"  16 17:23U20 Осиё Кубоги. Сўнгги дақиқалардаги гол Саудия Арабистонини ЖЧга олиб чиқди  10 17:10Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Кореяга қарши оқ либосда ўйнайди  9 15:23Мессидан автограф олган ҳакам жазоланди  12

MTJning "JAR"dagi ikkinchi kun mashg'ulotlarida kichik o'zgarishlar bo'ldi Yangiliklar

MTJning "JAR"dagi ikkinchi kun mashg'ulotlarida kichik o'zgarishlar bo'ldi

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi "JAR" stadionida Filippinga qarshi o'yin doirasidagi mashg'ulotlarini davom ettirdi.

Uzoq yillar davomida tanaffussiz o'ynab kelayotgan Doston Hamdamovda charchoq alomatlari sezilganligi va bu uning zarariga ishlashi mumkinligi uchun, Sergey Lushan, MTJ bosh murabbiyi bilan maslahatlashgan holda uni davolanishiga zamin yaratib berishga qaror qildi. SHu boisdan bugungi mashg'ulotlarda Doston qatnashmadi. Uning o'rniga murabbiy Akrom Komilovni safga qo'shdi. 

Legionerlarimizdan Fozil Musaev "Sepaxon" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" bilan birga Toshkentga qaytgan. Aziz Haydarov ham mashg'ulotlarga qo'shildi. Anzur Ismoilov va Aleksandr Lobanovni kelganiga bir hafta bo'ldi. SHu kunlarda Sanjar Tursunov, Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Aleksandr Geynrix va Sardor Rashidov ham yig'inga kelib qo'shiladilar. 


Katta ehtimol bilan Jaloliddin Masharipovga ham dab berilishi mumkin. OCHLning 2-turida jarohat olgan futbolchi hali to'liq o'zini tiklab olmagan. Aynan shu boisdan u ham "Traktorsozi"ga qarshi kechgan o'yinda maydonni erta tark etgan. Bugun ham Masharipov mashg'ulotlarni oxirigacha davom ettira olmadi. Uning terma jamoada qolish qolmasligi, shifokorlar nazoratidan o'tganidan so'ng malum bo'ladi.


Aksincha chempionatni yaxshi boshlay olgan Jamshid Iskanderov mashg'ulotlarda ham faol ishtirok etyapti. Yil boshidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng u o'zini qo'lga ola bilgan ko'rinadi. Buni u tomonidan OCHLda ko'rsatilayotgan o'yinlarda ham ko'rib turibmiz.


Endi terma jamoa murabbiylari Server Jeparovni kutib o'tirmaydilar. "Lokomotiv" azosiga aylangan pleymekerimiz oliy ligani yaxshi boshladi. Futbolchilarni aytishicha, Jeparov hali ham Jeparov. Terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarda to'liq to'p tepmayotgan bo'lsada, uni yoshlar oldida tutgan o'rni katta.


Hafta qahramoni Anzur Ismoilov bo'layotgan gap so'zlarga qaramasdan ishlashda davom etayapti.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика