So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Futzal bo'yicha BMB CUP musobaqasida eng kuchlilar taqdirlandi Yangiliklar

Futzal bo'yicha BMB CUP musobaqasida eng kuchlilar taqdirlandi

Teglar :  BMB CUPFutzal
Bugun BMB HOLDING tashabbusi bilan o'tkazib kelinayotgan ananaviy BMB CUP musobaqasi to'rtinchi mavsumi yakuniga bag'ishlangan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Futzal bo'yicha mazkur musobaqa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, futzalni yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb qilish orqali istedodlarni kashf qilish  maqsadida tashkil etildi. 


Futzal bo'yicha ananaviy “BMB CUP” musobaqasi havaskorlar o'rtasida 2024 yilning noyabr oyidan 2025 yilning fevraliga qadar, qariiyb 4 oy davomida o'tkazildi. Musobaqada 30 dan ortiq jamoalar ishtirok etish istagini bildirdi. Avvaliga saralash musobaqasi tashkil qilinib, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 10 jamoa asosiy musobaqada ishtirok etdi. Musobaqaning asosiy bosqichida ishtirok etgan jamoalar jami 18 turda 90 ta uchrashuv o'tkazdi. 


Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu mavsumdagi musobaqada belgilangan tartibga ko'ra, har bir jamoada 2 nafar professional va 5 nafar 
2007-2009 yillarda tug'ilgan yosh futzalchilarning bo'lishi majburiy bo'lib, ulardan biri  jamoa tarkibida maydonda harakat qilishi  lozim. Bu o'z navbatida musobaqaning yanada shiddatli o'tishi, yoshlarning musobaqalarda ishtirok etishga qiziqishini ortishiga hamda futzalni yoshlar orasida ommalashishiga va ular orasidan iqtidorlilarini tanlab olish imkonini yaratdi. Mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqada ishtirok etayotgan yosh futzalchilar tashkil qilayotgani albatta quvonarli hol bo'lib, bu yutuq musobaqa ishtirokchilari tomonidan alohida takidlandi. 
Musobaqa davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali uchrashuvlar videotranslyaciyasi muntazam ravishda uzatilib, instagramm, feysbuk va bir nechta telegramm kanallar orqali musobaqa natijalari, to'purar futzalchilar va boshqa statistik malumotlar, musobaqaning eng chiroyli gollari videolavhasi havola etib borildi.


Musobaqaning so'nggi o'yini yakuniga etgach, g'oliblar taqdirlandi. Futzal bo'yicha BMB CUP musobaqasi g'olibi Kubogi, oltin medallar va 100 mln so'm pul mukofoti bilan "Hayot Bank" jamoasi taqdirlandi, ikkinchi o'rin va kumush medallar hamda 75 mln so'm pul mukofoti  UzSQB jamoasiga, uchinchi o'rin va bronza medallari hamda 50 mln so'm pul mukofoti esa "DHL" jamoasiga nasib etdi. 

 
Shuningdek quyidagi yo'nalishlarda ham eng yaxshilar taqdirlanishdi: 
“Fair Play” nominaciyasi, musobaqaning eng intizomli jamoasi - "BMB", 
“Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni” - Lazizxo'ja Xo'jamatov ("UzSQB"), 
“Eng yaxshi yosh o'yinchi” - Azizbek Jaloliddinov ("Yosh gvardiyachi BO'SM"), 
“Musobaqa to'purari” - Azamat Baymatov 37 ta gol ("Yashnobod"), 
 “Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi” - Bekzod Amanullaev ("Hayot Bank").


Taqdirlash marosimidan to'liq FOTOGALEREYA



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика