So’nggi yangiliklar

13:57Ҳусановни олаётган "Манчестер Сити" ёзда 3 нафар асосий футболчиси билан хайрлашмоқчи, улар орасида марказий ҳимоячи ҳам бор  5 13:44Аёллар футзали. Осиё кубоги саралашидан олдинги матбуот анжумани (тўлиқ)  0 13:24"Рома" ва "Милан" собиқ футболчиси Фабио Кудичини вафот этди  3 13:02Пеп Гвардиола Абдуқодир Ҳусанов трансферига розилик берди!  17 12:35Расман: "Жайхун" – Про лига иштирокчиси  0 12:22"Бавария" Мюллер билан шартномани узайтириш учун шарт қўйди  1 11:58"Арсенал" футболчисини яна ижарага берди  0 11:35"Ливерпуль" собиқ дарвозабони "Шальке"га ўтиши мумкин  1 11:13Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Сурия ва Қатарга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум  8 10:52Мирзад Механович: «Андижон» мухлисларига ёқадиган ўйинлар намойиш этамиз»  3 10:21«Ман Сити» яна бир йирик трансферни амалга оширишга яқин  10 09:53"Насаф" Камерун терма жамоасининг собиқ аъзоси билан шартнома тузишга яқин  21 09:20«Бухоро»дан трансфер тақиқи олиб ташланди. Яна бешта клубда тақиқ бор  4 08:44Терма жамоамиз аъзоси фаолиятини «Бунёдкор»да давом эттиради  4 08:16«Бухоро» Хўжандга жўнаб кетди. Таркибда кимлар бор?  5

Moziyga qaytib... Yangiliklar

Moziyga qaytib...

Teglar :  Moziyga qaytib
Avval takidlaganimizdek, 1992 yildan boshlab futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazila boshlandi.

Mustaqil chempionat faqat futbol uchrashuvlaridan iborat bo'lmay, uning qonun-qoidalari alohida reglament va nizomlarda aks ettirilgan bo'lishi lozim edi. Biroq yangi tashkil etilgan O'zbekiston futbol federaciyasi ularning bariga ulgurmadi. Masalan, eng nozik masalalardan biri – futbolchilarning horijga transfer qilish maqomi ikkinchi chempionat o'rtasiga kelib ham ishlab chiqilmagandi. O'sha paytda bu muammoni jurnalist Abror Imomxo'jaev matbuotda ko'tarib chiqqan. Etiboringizga o'sha maqolani havola etamiz.


FUTBOLCHILAR SOTILADI...MI?

(O'zbekiston futboli” gazetasining 1993 yil 4 avgust sonidan olingan)

O'tgan yilgi birinchilikning dastlabki uchrashuvlaridayoq bir nozik masalaga duch kelindiki, u o'z vaqtida hal qilinmasa, katta tortishuvlarga olib kelishi muqarrarligi ayon bo'lib qoldi. Ilk chempionatning 3-turida bo'lib o'tgan "Paxtakor" —"Neftchi" uchrashuvi, aniqrog'i, uning bekor qilinishi ko'pchilikning yodida qolgan bo'lishi kerak. Buning sababi, chet el jamoalari bilan shartnoma tuzgan futbolchilarning "Paxtakor" tarkibida maydonga tushishi deb ko'rsatildi. Uchrashuv natijasi bekor qilinib, haqiqat qaror topgandek bo'ldi. Biroq bunga sabab bo'lgan masala hal qilinmasdan qolaverdi.

Gap futbolchilarning respublikadan ketishi haqida boryapti. Umuman olganda, bu muammo faqat bizda bor deyish noto'g'ri bo'lardi. Futbolchilarning chet el komandalarida o'ynashi butun dunyoda oddiy hol hisoblanadi. Rossiya terma komandasining tarkibiga bir ahamiyat bering-a: darvozabonlar - CHerchesov ("Dinamo", Germaniya), Xarin ("CHelsi", Angliya), himoyachilar - Gorlukovich ("Bayer", Germaniya), Kulkov ("Benfika", Portugaliya), yarim himoyachilar - Kanchelskis ("Manchestr Yunayted", Angliya), Tatarchuk ("Slaviya", CHexiya), Korneev ("Espanol", Ispaniya), SHalimov ("Inter", Italiya), hujumchilar - Kolivanov ("Fodja", Italiya), Yuran ("Benfika", Portugaliya), Kiryakov ("Karlsrue", Germaniya).  Dobrovolskiy esa qisqa muddat ichida Ispaniya, SHveycariya, Italiya, Franciya klublarida o'ynab keldi.

Bu futbolchilar xorijga shunchaki chet el sayohatiga ketmadilar. Ular uchun Rossiya komandalari millionlab dollar pul ishlab olishdi. Lekin, ketganlarni hech kim qoralamadi. CHunki bu futbolchilar Ovro'poning eng kuchli komandalarida to'p surib, Rossiya nomini butun jahonga yoydilar. Argentinalik Diego Maradona Ispaniya, Italiya klublarida o'ynaganida vatandoshlari uni sotqinlikda ayblashmadi, aksincha, u bilan faxrlanishdi. Buning sababi esa oddiy: rossiyaliklar ham, Maradona ham qaysi davlat chempionatlarida ishtirok etishmasin, o'z mamlakat terma komandalarini unutishmadi. Zarur paytda o'z Vatanlari sharafini himoya qildilar.

Bu misollarni keltirishimdan maqsad, barcha iqtidorli futbolchilarimizni birin-ketin sotaylik deyish emas. Aksincha, hozir respublikada futbolni rivojlantirishda, uni targ'ib qilishda "yulduz"lar bizga suv va havodek zarur. Lekin bu, qulflangan uyda o'z yog'imizga o'zimiz qovurilamiz degani emas.

Albatta, futbolchi mashhur bo'lgandan keyin unga talab kuchayadi. Demakki, futboli rivojlangan davlatlardan unga "sovchi"lar kela boshlaydi. Ularning hammasiga rad javobi beraversak, bizni hech kim yo'qlamay qo'yadi. Pyatnickiy, Kechinovga o'xshaganlar baribir ketadi. Ammo biz ularni ushlab qolish borasida barcha vositalarni ishga solganimiz uchun eshikni "qarsillatib" yopib ketishadi. Keyin ular terma komanda ro'yxatidan ham o'chadi. Erta-indin Ovro'poning nomdor komandalari millionlab dollarlarni bizga emas, Moskvaning "Spartak"i hisobiga o'tkazishadi. Yani kimdir tarbiyalaydi, kimdir esa "o'roqda yo'q, mashoqda yo'q, xirmonda hozir".

SHuning uchun ham bizda futbolchilarni chet elga jo'natish to'g'risida nizom ishlab chiqilishi zarur. Ana shu nizom puxta tayyorlanib to'laqonli ishlaganidagina Mirjalol Qosimov 3-4 oy ishsiz o'tirmaydi, Pyatnickiy va Kechinovlarni qaytarish uchun FIFAga shikoyat yozmaymiz. Nizomda ketish kimga mumkin, kimga esa yo'q, necha yoshdan kabi savollarga aniq javob berilishi kerak. Masalan, bazi mamlakatlarda chet elga ketish uchun faqat terma komanda azolariga ruxsat beriladi, yana boshqalarida futbolchi 28 yoshga to'lgandan keyingina unga "oq yo'l" tilanadi va hokazo.

Nizom ishlab chiqilmas ekan, futbolchilarimiz o'zlaricha xorijga ketaveradilar. Kimdir janjal-to'polon bilan, kimdir imi-jimida. Pyatnickiy va Kechinov masalasi o'z vaqtida hal etilganida, ular O'zbekiston terma komandasida o'ynar edilar. Xozircha esa biz respublikaning ikki eng kuchli futbolchisidan mahrum bo'lmoqdamiz. Biri butunlay ketdi, ikkinchisi tobora yiroqlashmoqda.

Bazilar "nega shularga yopishib qoldinglar, ketsa ketaversin", deyishi mumkin. Lekin ketganlar faqat shular bo'lganda mayli edi. Quyida so'nggi ikki yil ichida horijga jo'nab ketgan futbolchilar ro'yxati berilyapti, qarang va xulosa chiqaring:

Igor SHkvirin — Isroilga, Oleg Latishkin — CHexiyaga, Viktor Makarov, Oleg Sinelobov, Mustafo Bilolov, SHuhrat Xolmirzaev, Sergey Zavalnyuk - Malayziyaga, Vasiliy Postnov — Marokashga, Rustam Zobirov — Avstriya yoki Germaniyaga, Konstantin Novikov, Igor Ivanov, Usmon Toshev, Andrey Medyanskiy — Vengriyaga ravona bo'lishdi. Yaqin horijda ham respublikamiz vakillari mahorat bilan to'p surishayapti: Gennadiy Denisov — "Spartak” (Vladikavkaz), Sergey Bondarenko, Bahodir Rahmonov, Andrey Ryazancev - "Okean" (Naxodka), Vyacheslav Klochkov — "Kuban" (Krasnodar), Valeriy Gorbach - "Fakel" (Voronej), Gennadiy Rotkovich— "Baltika" (Kaliningrad), Sergey Andreev, Sifer Aliboev, Nikolay Turnichenko - "Tavriya” (Simferopol), Ruslan Uzoqov — "Torpedo" (Zaporoje). Sadriddin Eshmirzaev ham Ukrainaning qaysidir jamoasida faoliyat ko'rsatmokda. Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Lekin ko'pgina futbolchilarning qaerga ketganini nafaqat biz, hatto sobiq komandadoshlari ham bilishmaydi.

Endi o'zingiz o'ylang, bu futbolchilarni mahoratli qilib etishtirish uchun respublikamiz futbol maktablari qanchadan-qancha mablag' sarflashgan. Nega endi ular qarzni qaytarish vaqti kelganda xayr-mazursiz juftakni rostlashlari kerak?!

Yuqoridagi berilgan ro'yxatda mamlakat terma komandasi azolari ham bor. Ammo, erta-indin rasmiy uchrashuvlarga ularni bir joyga to'plashning iloji bo'larmikan?

Yana bir necha kundan so'ng mamlakat birinchiligi ikkinchi davra uchrashuvlari boshlanadi. Ketganlar o'rnini yosh istedodlar to'ldiradi. Lekin ana shu istedodlar ham vaqti kelib o'zlaricha jo'nab ketmasliklari uchun ham tezroq nizom tayyorlanishi kerak. Ana shundagina har bir ketayotgan futbolchimiz qoida asosida jo'naydi, uning uchun "sovchi"lardan "qalin puli" so'raladi va eng muhimi, ketayotgan futbolchidan terma komanda uchun maydonga tushish kafolati olinadi.


Abror IMOMXO'JAEV.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика