"Chelsi" 17 yoshli futbolchi uchun 15 mln. evro to'laydi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2025, 14:29
"Chelsi" 17 yoshli braziliyalikni o'z safiga qo'shib oladi.

London klubi "Korintians" himoyachisi Denner Evanjelistani sotib olishga yaqin turibdi. Kelishuv dam olish kunlari amalga oshiriladi.

"Ko'klar" futbolchi uchun bonuslar bilan birga hisoblaganda 15 mln. evro to'laydi. Kelajakda Denner boshqa klubga o'tadigan bo'lsa Braziliya klubi boshqa keyingi transfyerdan ham foiz oladi.

17 yoshli himoyachi "Korintians U20" safida 18ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U kattalar jamoasida hali birorta o'yin o'tkazgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano