So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Intervyu. Fevzi Davletov: "Tizimli o'yinimizni saqlab qoldik. Transferlar? Aynan kerakli poziciyaga futbolchi olindi" Yangiliklar

Intervyu. Fevzi Davletov: "Tizimli o'yinimizni saqlab qoldik. Transferlar? Aynan kerakli poziciyaga futbolchi olindi"

So'nggi ikki yilda to'g'ri yo'lga tushib olgan, tarkibda katta nomlardan ko'ra yoshlarga nisbatan ko'proq imkoniyat berayotgan "Surxon" 2025 yilda ham o'z principlaridan voz kechmaydi.

Termizliklar qishki transfer oynasida tarkibini saqlab qolgan holda bir necha nafar yosh futbolchilarni jalb qildi. Behruz Karimov, Behruz Shukurullaev, Muhammadyusuf Mirqodirovlar shular jumlasidandir. Bu haqida batafsilroq jamoa ustozi Fevzi Davletovning fikrlari bilan qiziqdik.

Fevzi Rizaevich "Surxon"ning Superligaga tayyorgarligi haqida gapirib o'tsangiz...  

- Yanvar oyi boshida yangi mavsumga taraddudni boshladik, yigitlar tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Navbatdagi yig'inni esa Antaliyada o'tkazishga qaror qildik. Bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik, hammasi rejaga muvofiq tashkillashtirildi. Yigitlarga bir necha kun hordiq berganimizdan so'ng yana mashg'ulotlarga kirishdik, belgilangan nazorat uchrashuvlarida ishtirok etmoqdamiz. Mavsumni 8 mart kuni Samarqandda "Qizilqum"ga qarshi boshlaymiz.

- Toshkentda esa ob-havo injiqligini ko'rsatdi... 

- Tayyorgarlik yaxshi o'tdi. Balki Antaliyadan biroz kechroq kelishimiz mumkin edi, ob-havoni ko'ryapsiz. Shu narsa biroz tasir qildi. Umuman olganda hammasi joyida. Antaliyada hamma sharoitlar, uchrashuvlar juda yaxshi bo'ldi. 

- Katta futbolchilar tarkibga jalb qilinmadi. Demak, klubning o'tgan yilgi tarkibdan ko'ngli to'ldi?

- Qishda aynan kerakli poziciyalarga futbolchilarni oldik, chunki jamoamiz o'zagini saqlab qolganmiz. Yosh futbolchilarni qo'shib oldik, selekciyadan qoniqish hosil qildik deya olaman. 

Antaliyadagi nazorat uchrashuvlarida o'zidan chakki taassurot qoldirmagan Muhammadyusuf Mirqodirov kashfiyot futbolchi bo'la oladimi?

- Hamma narsa o'ziga bog'liq. Barcha futbolchilarda o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat bor. 

- Nihoyat Termizda o'ynaysizlar...

- Bu yil Termizda o'z maydonimizda o'ynaymiz. Stadionda katta rekonstrukciya ishlari olib borildi. Zaxira maydoni ham borligi quvonarli. Har bir o'yinda arena muxlislar bilan to'lishiga shubha yo'q. Bu qaysidir manoda futbolchilarga yoqimli bosimni yuklaydi. Biz o'z yo'limizdan qaytmaymiz. Jamoamiz tizmli o'yinini saqlab qoldik.  O'z o'yinimizni yaxshilagan holda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика