Amorim MYU o'yini haqida: "Bazida ijobiy jihat topish qiyin bo'ladi"
01 mar 11:55
Yangiliklar


Amorim MYU o'yini haqida: "Bazida ijobiy jihat topish qiyin bo'ladi"
Ruben Amorim "Manchester Yunayted"ning ruxiy beqarorligi haqida gapirdi.
"Qo'llab-quvvatlashni his qilyapman, ammo bir tarafdan uyalyapman, chunki agar bazi paytlarda o'yinimizga etibor bersak, uning ijobiy jihatlarini topish qiyin bo'ladi.
Menimcha, biz ko'p asabiylashamiz va bir nechta detallarda bilinadi: Harakatlarimizda, o'yinni tushunishimizda, ayniqsa "Old Trafford"dagi bahslarda.
Jamoaga yordam berishning yagona yo'li - maydonda naf tegadigan echim berish, ammo yigitlar ishonchni saqlashi lozim. Oxirigacha ishonish kerak, mag'lubiyatga uchrayotgan, so'nggi kombinaciya ish bermayotgan paytlarda ham.
Gol o'tkazib yuborib, qiyin vaziyatga tushib qolsak, biz yo'qolib qolamiz. Gap futbolda yoki taktikada ham emas. Hammasi ulardagi irodada" - dedi MYU ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar