Amorim sababli MYU 200 million evro ishlatishni istamagan

Mirjalol Normatov
16 yanv 2026
Ruben Amorim 35 yoshli hujumchi Denni Uelbekning "Manchester Yunayted"ga qaytishini istagan.

"Sky Sports" nashri jurnalisti Rob Dorsettning so'zlariga ko'ra, Amorim qishda jamoani keskin kuchaytirishni istagan bu borada rahbariyat bilan tortishib qolgan.

Amorim Denni Uelbekdan tashqari Jan-Filipp Matetaning tarkibga jalb etilishini xohlagan.

Yozda transferlar uchun katta mablag' ishlatgan klub qishda ham 200 million funtga yaqin mablag' ishlatishni rejalariga kiritmagan.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports