Uelbek MYUning asosiy "qasoskori"ga aylandi

Aslanov Jasurbek
24 avg 2024
Denni Uelbek APL uchrashuvida "Manchester Yunayted" darvozasini ishg'ol qildi.

33 yoshli "Brayton" forvardi APLning 2-tur o'yini doirasida sobiq jamoasiga gol urdi. Uelbek MYUga qarshi 16ta uchrashuvda jami 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi va sobiq forvardi eks klubi darvozasini APL o'yini doirasida 5 marta ishg'ol qildi. MYUning boshqa hech bir sobiq futbolchisi mankunianlarga Uelbekdan ko'proq gol urmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/MiguelDelaney