So’nggi yangiliklar

09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  4 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун таҳминий таркиби  7 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  5 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  3 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  2 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  7

Rustam Xojaev: "Osiyo kubogi mezbonligi Markaziy Osiyo futboli rivoji uchun juda katta turtki bo'ladi" Yangiliklar

Rustam Xojaev: "Osiyo kubogi mezbonligi Markaziy Osiyo futboli rivoji uchun juda katta turtki bo'ladi"

Tojikiston chempionatida ishtirok etadigan jamoalar ayni kunlarda poytaxtimiz Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda.

"Xo'jand" jamoasi mazkur yig'in doirasida "Oqtepa", "Aral", "Surxon" bilan nazorat uchrashuvlarida ishtirok etdi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov qo'shnilarimizning yangi mavsumga tayyorgarligi xususida "Xo'jand" bosh murabbiyi Rustam Xodjaevga yuzlandi.

- Rustam Nazrievich Toshkentdagi yig'in ko'ngildagidek kechdimi? 

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni yanvar oyida boshladik. Dastlabki bosqichlarni o'z qarorgohimizda olib borgan bo'lsak, keyingi mashg'ulotlar Toshkentda suniy maydonlariga ko'chdi. Ilk turni "Istiqlol"ga qarshi o'tkazamiz. Bu borada poytaxt yig'ini ayni muddao edi. Hammasi ko'ngildagidek ketmoqda. Muhimi chempionatga munosib tayyorgarlik ko'rish. 

- "Xo'jand" doim sovrindorlar qatorida bo'ladi. Yangi mavsumda maqsadlar qanday?

- "Xo'jand" Tojikistonning etakchi jamoalaridan biri, o'z oldiga har yili yuqori maqsadlarni qo'yadi. Bu yil maqsadimizdan chekinmaymiz. Bizdan faqat oldinga intilish talab etiladi.

- Tarkibda o'zbekistonlik futbolchilardan kimlar qo'shib olindi?

- Tarkibga o'zbekistonlik, rossiyalik, nigeriyalik futbolchilarni qo'shib oldik. Asiljon Begimqulov oldin ham bu erda o'ynagan, unga jamoa begona emas. Komolafe esa O'zbekiston Superligasida to'p tepgan. O'ylaymanki, mavsum startigacha tarkibimiz optimal holatga keladi.

- O'zbekiston Superligasida qaysi jamoalarning transferlar qiziqtira oldi?

- Qo'shnimiz bo'lgan O'zbekiston chempionatini doim katta qiziqish bilan kuzatamiz. O'rtoqlik uchrashuvlariga boramiz. Aytishim mumkinki, jamoalar qishda qiziqarli transferlarni amalga oshirishdi. "Paxtakor", "Nasaf", "Navbahor", "Neftchi" va hokazo. Chempionat bahslari ham shunga monand ravishda o'tadi deb taxmin qilaman. 

- Osiyo kubogiga Markaziy Osiyo mamlakatlarining mezbonlik uchun harakatini qanday qabul qildingiz?

- Osiyo kubogiga Markaziy Osiyo mamlakatlarining mezbonlik qilishidan faqat faxrlanish mumkin. Bu futbol rivojiga juda katta turtki bo'ladi. Agarda chempionat bizga ishonib topshirilsa, kelajak uchun ham foydasi tegadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика