Mourinyu sabab "Roma"ning asosiy o'yinchilaridan biri klubni tark etishi mumkin
07 may 2021 14:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635588_original.jpg)
![](/upload/storage/635588_220.jpg)
Mourinyu sabab "Roma"ning asosiy o'yinchilaridan biri klubni tark etishi mumkin
"Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan yozda klubni tark etishi mumkin.
Armanistonlik futbolchining ehtimoliy ketishi Joze Mourinyuning Rim klubi bosh murabbiyiga aylanishi bilan bog'liq.
Qayd etish kerakki, Mxitaryanning "Roma" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyunga qadar mo'ljallangan, shunday ekan Genrix rimliklar tarkibidan erkin agent maqomida ketishi mumkin.
32 yoshli Armaniston terma jamoasi futbolchisi joriy mavsum "Roma" tarkibida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 11ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar