“Roma“ Shomurodovni qanchaga sotishni reja qilgani malum
24 iyu 08:31
Yangiliklar


“Roma“ Shomurodovni qanchaga sotishni reja qilgani malum
Eldor Shomurodovning “Roma“dagi faoliyati yakunlanib bormoqda.
Rimliklar terma jamoamizning sardorini sotish bo'yicha ishlarni olib bormoqda. “Bo'rilar“ 29 yoshli futbolchining transferidan 7-8 million evro ishlab olmoqchi. Bu haqida Sky Sport nashri xabar bermoqda.
Hozircha Eldorga Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir“ jamoasi asosiy davogar bo'lib turibdi. Shuningdek, Eldorning xizmatlariga Franciyaning “Renn“ klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Roma“ Eldorni 2021 yilda “Jenoa“dan 19,6 million evroga sotib olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бу йил Элдор учун хақиқий синов бўлади, негаки кейинги йил ЖЧ да шунчаки музқаймоқ еб келиш учун бормаганликларини исботлаш зарур, ҳеч бўлмаганда кейинги босқичга ўтиб.