Kanselu: "Barselona"ni yaxshi ko'raman"
14 sen 2025 14:03
Yangiliklar
Kanselu: "Barselona"ni yaxshi ko'raman"
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi portugaliyalik himoyachisi Joau Kanselu "Barselona"ga bo'lgan muhabbati haqida fikr bildirdi.
Futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan.
"Barcha biladi, men "Barselona" muxlisiman, "Barselona"ni yaxshi ko'raman, bu klubni yaxshi ko'raman, u erda vaqt o'tkazish menga juda yoqqan. Mening qalbim "Barselona" bilan va ular o'tgan mavsumda ko'plab titullarni qo'lga kiritganidan baxtiyorman", - dedi Kanselu.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'tgan mavsumda Ispaniya chempioni bo'ldi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. Xans-Diter Flik shogirdlari Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar etib bordi va "Inter"ga mag'lub bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ ўтиш учрашувларига қуръа ташланди: "Реал" яна Моуриньюнинг "Бенфика"си билан ўйнайди!
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Ўзбекистон терма жамоаси "Урарту"ни мағлуб этди
Fikrlar