

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, "burgutlar" "Astana" vingeri Usmon Kamarani jamoaga taklif etmoqchi.
27 yoshli futbolchi dekabrda Qozog'iston jamoasi bilan shartnomasini bekor qilgandi. U faoliyati mobaynida Shvetsiyaning "AFK Eskilstuna", Norvegiyaning "Volerenga", shuningdek, Gruziyaning "Dila" va "Dinamo" Tbilisi jamoalarida to'p tepgan. Futbolchining transfer qiymati 1 mln evro deb baholanmoqda.



