Mourino: "Murabbiylik - sen ketishingdan hamma xursand bo'ladigan yagona kasb"
31 okt 2015 16:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/187327_original.jpg)
![](/upload/storage/187327_220.jpg)
Mourino: "Murabbiylik - sen ketishingdan hamma xursand bo'ladigan yagona kasb"
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino bazilar murabbiy ketishidan nega xursand bo'lishiga tushunmaydi.
"Kimlardir ishini yo'qotayotganida bazilar xursand bo'lishini tushunishni istayman. Agar jurnalistlar 20 kishini haydab yuborishlari mumkinligi haqida yozsa, men ulardan havotir olaman. To'g'risi. 20 jurnalistni haydab yuborishsa, xatto men tanimaydiganlar bo'lsa ham bundan ranjiyman. Ammo murabbiylik - sen ketishingdan barcha mamnun bo'ladigan yagona kasb.
Brendan Rojersga bog'liq vaziyatni eslang. U APLda chempion bo'lishiga bir bahiya qoldi, yil murabbiyi bo'ldi, keyin esa uni haydab yuborishdi va hamma xursand. Buning barchasi g'alati. Buni tushuna olmayman" - deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar
09:15
O'rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Siti" - "CHelsi" 4:2, Gollarning uchtasini Holland "mixladi" 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar