Mourino faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
06 apr 2023 19:44
Yangiliklar
Mourino faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Mamlakat hukumati vakillari to'g'ridan-to'g'ri mutaxassis bilan bog'lanishgan va mutaxassisga 2 yillik bitim evaziga 120 million evro taklif qilishgan. Portugaliya murabbiyga uchta jamoadan birini boshqarish taklif qilingan: Krishtianu Ronaldu o'ynaydigan "Al Nassr", mamlakat ligasining ikkinchi kuchli jamoasi "Al Ahli" va Saudiya Arabistoni terma jamoasi. Joze birinchi yildan keyin shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo'ladi. Agar Mourino ushbu taklifni qabul qilsa, futbol tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylanadi. Mutaxassis bu taklif haqida o'ylab ko'radi, ammo u "Roma"da qolishni istamoqda.
Fikrlar