So’nggi yangiliklar

11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  1 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  5 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  10 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  2 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  12 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  4 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  6 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  53 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  2

MOMCH-2023. Abdixoliqovdan gol, peshqadamlikni bermayotgan "Istiqlol", start olgan Turkmaniston Yangiliklar

MOMCH-2023. Abdixoliqovdan gol, peshqadamlikni bermayotgan "Istiqlol", start olgan Turkmaniston

Teglar :  MOMCH-2023
Hafta davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlari (MOMCH) bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

Qardosh mamlakatlar chempionatlarining navbatdagi uchrashuvlari o'tkazildi. SHu jumladan, Qozog'iston chempionatida o'zbekistonliklar derbisi guvohiga aylandik. Quyida, mazkur o'yinlar haqida fikr yuritamiz.

Qozog'iston chempionati

O'zbekistonlik futbolchilar

"Tobol" - Igor Sergeev

"Ordabasi" - Bobir Abdixoliqov

"Ordabasi" - SHahboz Umarov

Qozog'iston chempionatida 6-tur bahslari ortda qoldi. Etiborli jihati, mazkur turda o'zbekistonliklar derbisi shohidi bo'ldik. "Ordabasi" — "Tobol" qarama-qarshiligida mezbonlar safida ikki, mehmonlarda esa bir nafar yurtdoshimiz maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvda Bobir Abdixoliqov zaxiradan tushib, gol urgan bo'lsa, Igor Sergeev va SHahboz Umarov o'yinning ilk daqiqalaridanoq harakat qilishdi. Yakunda "Ordabasi" 4:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi.

Ordabasi - Tobol 4:1 (1:1)

16 aprel, 2023. SHimkent, Kajimukana. 18000 tomoshabin.

Hakamlar: Sariev Bulat (Uralsk), Vasyutin Sergey (Almata), Dolgix Aleksey (Pavlodar) VAR: Bayymbet Saken (Taraz) AVAR: Belskiy Evgeniy (Taraz) Zaxira hakami: Orunbaev Ilashbek (Turkiston vil.)

Gollar: Tagybergen Asxat 21 (1:0), Deble Serj 22 (1:1), Abdixoliqov Bobir 72 (2:1), Malyy Sergey 77 (3:1), Sadovskiy Vsevolod 86 (4:1).

Ordabasi: SHayzada Bekxan, Tagybergen Asxat (k) (Matich Bernardo 81.), Suyumbaev Gafurjan, Umarov SHoxboz (Sadovskiy Vsevolod 67.), Islamxan Bauyrjan (Tungyshbaev Erkebulan 81), Fedin Maksim (Abdixoliqov Bobir 67), Petrovich Radosav, Erlanov Temirlan, Malyy Sergey, Mbodji Mamadu, Da Kruz Alvaro Auro (Astanov Sultanbek 87).

Zaxira: Seysen Muxammedjan, Baxtiyarov Akmal, Tajibay Batyrxan, Vasilev Vladislav, Jaksylykov Aybar.

Tobol: Konovalov Ivan, Mujikov Serikjan (k), Rogach Ivan, Ilich Yovan (Jarynbetov Samat 75), Deble Serj, CHesnokov Islam (Jumashev Jaslan 82), Gabaraev Albert, Vukadinovich Milan (Kireenko Pavel 82-), Marochkin Aleksandr, Mladovich Boyan (Sulich Asmir 82.), Sergeev Igor (Orazov Ramazan 57).

Zaxira: Busurmanov Sultan, Akmurzin Timur, Asrankulov Roman, Semchenkov Daniyar, Jakupov Timur, Ermekbaev Bekzat, Galym Beybit.

Ogohlantirishlar: Mujikov Serikjan 23, Mladovich Boyan 28, Da Kruz Alvaro Auro 64, Islamxan Bauyrjan 70, CHesnokov Islam 76, Deble Serj 82.

6-turdan so'ng "Qiziljar" klubi hamon 100 foizlik natija qayd etgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Aqtobe" 13 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, ikki nafar hamyurtimiz to'p tepayotgan "Ordabasi" ham xuddi shuncha ochko jamg'argan holda kuchli uchlikka yakun yasagan. Igor Sergeev to'p tepayotgan "Tobol" klubi esa mag'lubiyatdan so'ng 7-o'ringa tushib ketdi. To'purarlar jadvalida "Aqtobe" yarim himoyachisi Maksim SAMORODOV hamda "Qayrat" hujumchisi Joao PAULO 4 tadan gol urgan holda peshqadamlik qilmoqda.

19 aprel sanasida Qozog'iston kubogining 1/8 final uchrashuvlari o'tkaziladi. Unda "Ordabasi" "Maqtaaral" bilan to'qnash kelsa, "Tobol" "Aqsu" bilan bellashadi. CHempionatning 7-tur bahslari esa 22-23 aprel kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Qirg'iziston chempionati

O'zbekistonlik futbolchilar 

Alay - Islom Abdullaev 

Alay - Javohir Sohibov 

Alay - Abdulaziz Yusupov 

Dordoy - Kemran Najafaliev

Qora Bolta - Muhriddin Ahmedov

Neftchi Qo'chqor Ota - Azamat Ahmedov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Muhammadali Tursunov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Dostonjon Rashidov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Otabek Haydarov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Javohir Rasulov 

Talant - Muhammadqodir Rahimberganov 

Oshmu Aldier - Abdulbori Vositjonov 

Oshmu Aldier - Akrom Xodjaev

Oshmu Aldier - Maradona Safarov

Oshmu Aldier - Po'latjon SHaripov 

Oshmu Aldier - Muhammadali Ashurov

Oshmu Aldier - Aburahmon Abdulhaqov 

Oshmu Aldier - Elnur Turg'unov 

Oshmu Aldier - Akmaljon Yuldashev

Qirg'iziston chempionatida 4-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Turnir jadvalida "Abdish-Ata" 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Undan bir ochko kam jamg'argan "Neftchi" ikkinchi o'rinda peshqadamni taqib etmoqda. 8 ochkoga ega "Alga" esa uchinchi o'rinni band etgan. To'purarlar jadvalida "Alay" futbolchisi Sarikbaev Nurlanbek va "Neftchi" azosi Toktosunov Dastanbek 3 tadan gol urgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Musobaqaning 5-tur uchrashuvlari 21-24 aprel kunlari o'tkaziladi.


Tojikiston chempionati

O'zbekistonlik futbolchilar

Xo'jand - Xushnudbek Bozorov 

Xatlon  - Rustam Qo'chqorov

Fayzkand -  Zufardjon Akbaraliev

Esxata - Olimdjon Karimov

Esxata - Sanjar Rixsiboev

Xosilot - Temur Mamatmurodov

Kuktosh - Temur Masharipov

Kuktosh - Muxiddin Odilov

Kuktosh bosh murabbiyi - Abdujabbor Marufaliev

Tojikiston chempionatida 4-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Tur doirasida quyidagi natijalar qayd etildi:

CSKA – «Fayzqand» – 1:1

«Regar-TadAZ» – «Esxata» – 0:1

«Xatlon» – «Hosilot» – 1:0

«Xo'jand» – «Ravshan» – 0:0

«Istiqlol» – «Ko'ktosh» – 2:0

Turnir jadvalida hamon 10 ochko bilan "Istiqlol" etakchilikni hech kimga bermay kelmoqda. 9 ochko to'pgalagan "Esxata" ikkinchi o'rinda joylashgan. "Xatlon" esa uchinchi o'rinni band etib turibdi. To'purarlar jadvalida "Istiqlol" futbolchisi Manuchehr Jalilov 5 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. 

5-tur o'yinlari 20-21 aprel sanasida o'tkaziladi.


Turkmaniston chempionati

Turkmaniston chempionatining yangi mavsumi start oldi. 9 ta klub ishtirok etayotgan musobaqaning dastlabki tur bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi:

“Kopetdag” – “SHagadam” – 2:1

“Altin Asir” – “Nebitchi” – 0:0

“Merv” – “Ashxabad” – 0:1

“Axal” – “Energetik” – 1:0

(“Arkadag'” dam oldi)

Turnirning 2-tur uchrashuvlari 18-19 aprel kunlari o'tkaziladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика