So’nggi yangiliklar

15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  0 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  0 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4

Ronaldu, Benzema, Neymar qanisizlar? Sofian Rahimi: "Men shu erda" Yangiliklar

Ronaldu, Benzema, Neymar qanisizlar? Sofian Rahimi: "Men shu erda"

Saudiya Arabistoni futboliga katta yulduzlarni olib kelishdan maqsad nima edi? Javoblardan biri - OCHLni yutish.

Albatta, yuqoridagi savolga bir nechta javobni aytsa bo'ladi. Mamlakat futboliga etiborni oshirish, chempionat darajasini kuchaytirish, hammani o'ziga qaratish, translyaciyadan foyda topish, marketingni rivojlantirish... Xullas, davom etaman desangiz bir nechta sabablar topiladi.

Lekin shu javoblar ichida Osiyo chempionlar Ligasini yutish degani ham bo'ladi. Ha, nomdor yulduzlarni taklif etish orqali OCHLda qatnashgan klublar musobaqada g'olib chiqishni maqsad qilgandi. Lekin yakunda unday bo'lmadi. Saudiya Arabistoni grandlari oldida nisbatan "kamtar" ko'ringan "Al Ayn" shov-shuv qilmasdan, hammani o'ziga qaratmasdan jimgina futbol o'ynab bosh sovrinni ilib ketdi.




"Al Ayn" (BAA) klubining OCHLda zafar quchishi shaxsan men uchun kutilmagan hol bo'ldi. CHunki ko'pchilik qatori men ham "Al Hilol", "Al Nassr" yoki "Al Ittihod" g'oliblikni qo'lga kiritsa kerak degan taxminda edim. Ammo Saudiyaning har uchala etakchisi guruhdan chiqqani bilan pley-off boshlangach, birin-ketin "aut" bo'la boshlashdi.

Musobaqaning 1/8 finalida "Al Nassr" Saudiyaning boshqa bir klubi "Al Fayha"dan, "Al Hilol" "Sepaxon"dan, "Al Ittihod" esa "Navbahor"dan ustun keldi. Bu payt "Al Ayn" "Nasaf"ga qarshi ikkita uchrashuv o'tkazib, Qarshida durang (0:0) qayd etgan bo'lsa, o'z maydonida 2:1 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

CHorak finalda "Al Ayn"ga kimsan "Al Nassr" tushdi. Al Ayn shahridagi "Hazza bin Zayed" stadionida mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Javob bellashuvida "Al Nassr" 4:3 yutgani bilan g'olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo'ldi va mehmonlar 3:1 hisobida yutib ketishdi.




CHorak finalning ikkinchi o'yinida "Al Hilol" bilan "Al Ittihod" o'zaro to'qnash kelib, bunda "Al Hilol" har ikkala bahsni 2:0 hisobida o'z foydasiga hal etib yarim finalga yo'l oldi.

Yarim finalning dastlabki bellashuvida ""Al Ayn o'z maydonida zafar quchdi. "Al Hilol" 4:2 hisobida mag'lub etilgan o'yinda "Al Ayn"ning marokashlik legioneri Sofian Rahimi 3ta gol urdi. Avvalgi bosqich bir o'yinda ikkita gol urgan futbolchidan bu safar xet-trik! Yarim finalda-ya, yana "Al Hilol" darvozasiga. "Al Hilol" javob o'yinida 2:1 hisobida g'alaba qozongani bilan bu etarli bo'lmadi va shu tariqa Saudiyaning so'nggi klubi ham musobaqani tark etdi.

Yaponiyaning "Yokogama Marinos" jamoasiga qarshi finalning birinchisi "Al Ayn" uchun omadsiz keldi. Ernan Krespo shogirdlari mehmonda 1:2 hisobida yutqazishdi. Javob o'yinida esa 5:1 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritilib, qarabsizki ""Al Ayn shohsupaga ko'tarildi.

Jamoa oltin medallarni qo'lga kiritdi. Soufian Rahimi esa musobaqaning "Eng yaxshi futbolchisi" va "Eng yaxshi to'purar" sovriniga loyiq ko'rildi. U OCHL o'yinlarida 13ta gol urishning uddasidan chiqdi.

"Al Nassr"ga 3ta
"Al Hilol"ga 3ta
"Ahal"ga 2ta
"Al Fayha"ga 2ta
"Yokogama Marinos"ga 2ta
"Nasaf"ga 1ta




"Al Ayn" musobaqa davomida o'z maydonida faqat bir marta mag'lub bo'ladi. Bilasizmi, kimga? "Paxtakor"ga! "Paxtakor" o'tgan yil noyabrda bu jamoani 3:1 hisobida engib qaytgandi.

"Al Ayn"ning OCHLda zafar quchishi katta pullar futbolda hamma narsani hal qilavermasligini ko'rsatib berdi. Saudiya klublari safida Ronaldu, Benzema, Neymar, Kante, Mitrovich kabi yulduzlar bor edi, ammo kubokni ko'tarish ko'pchilik tanimaydigan Sofian Rahimiga nasib etdi.

X.Xoliqov.


Muallifning oldingi maqolalari  

Hal qiluvchi saralash oldidan: Uyda boshlab uyda tugatish ustunlik beradimi?    

JCH saralash oldidan. 5 sentyabrgacha nima qilamiz?        

JCH saralash oldidan. SHimoliy Koreya - dastlabki raqib         

Video. 6 yil oldin ilk intervyusini bergan Rahimberdi 12 yoshga to'ldi. Uning hozirgi bilimi qanday?        

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика