Abbosbek Fayzullaev Osiyo kubogida nimalarni o'rganganini aytdi
29 fev 2024 21:08
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev Osiyo kubogida nimalarni o'rganganini aytdi
"Osiyo kubogi yaxshi tajriba bo'ldi: terma jamoa safida ilk bor bunday yirik turnirda ishtirok etdim va ko'p narsalarni o'rgandim. Biz turnirda yaxshi qatnashdik, ammo penaltilar seriyasida Qatardan mag'lub bo'lganimiz achinarli bo'ldi - ushbu o'yinda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Agar Qatar to'sig'idan o'ta olganimizda, turnirda g'olib chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lardik. Biroq hayot davom etadi. Maqsadimiz - ilk marotaba jahon chempionatiga yo'l olish. Biz tarixda qolmoqchimiz.
Musobaqa davomida qiyin vaziyatlarda qanday o'ynash kerakligini o'rgandim. Ushbu turnir davomida men o'z poziciyamni o'zgartirdim - "soxta to'qqizlik" rolini o'ynadim. Avvaliga bu poziciya menga noqulaylik tug'dirdi, lekin men Tailand bilan o'yinda bunga ko'nikib bo'lgandim. Raqib kim qaerda o'ynayotganini anglay olmasligi uchun biz tez-teo' poziciyalarimizni o'zgartirib turdik. SHu tariqa, Osiyo kubogi davomida taktik jihatdan kuchaydim", — dedi Fayzullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar