O'tgan mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazgan legioner "Lokomotiv"ga o'tdi
05 jan 2025 20:01
Yangiliklar
O'tgan mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazgan legioner "Lokomotiv"ga o'tdi
"Bunyodkor"ning chernogoriyalik sobiq o'yinchisi Momchilo Rasho "Lokomotiv"ga o'tdi.
"Yangi mavsumga hozirlik ko'rishni boshlagan "Lokomotiv" chernogoriyalik futbolchi Momchilo Rasho bilan shartnoma imzoladi. Ushbu futbolchi o'tgan mavsumni "Bunyodkor" tarkibida o'tkazganini muxlislar juda yaxshi biladi.
Malumot uchun, Momchilo Rasho 1997 yil 6 fevral kuni CHernogoriyaning Kotor shahrida tug'ilgan. Bo'yi 186 sm bo'lgan ushbu futbolchi markaziy himoya chizig'ida harakat qiladi. Rasho o'tgan yil Superligada 17ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
Momchilo Rashoga bo'lajak mavsumda omad tilagan holda "temiryo'lchilar" safiga xush kelibsan deb qolamiz", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar