"Jizzaxda Abramov, G'uzorda Lushchan jamoasining imkoniyati yuqori" - Pavel Solomin
20 avg 2025 13:52
Yangiliklar
"Jizzaxda Abramov, G'uzorda Lushchan jamoasining imkoniyati yuqori" - Pavel Solomin
Ikki to'qnashuvda ham murosasiz o'yinni kutish mumkin, chunki "Sho'rtan" jon saqlash yo'lida kurashmoqda, "Navbahor" yuqoriga intilyapti. "Dinamo" esa bu yil jiddiy maqsad yo'lida dadil odimlamoqda, "So'g'diyona"ga ham ochko zarur. Bu o'yinlar oldidan O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Pavel Solominning fikrlarini tingladik.
"Bu to'rtta jamoalar ishtirokidagi o'yinlar o'ziga yarasha qiziqarli va tomoshabop bo'ladi deb o'ylayman. G'uzordagi to'qnashuvda ustunlikni "Navbahor"ga bergan bo'lardim. Jamoada tajriba katta va o'z yo'lida davom etmoqda. Lushchan Namanganda yaxshi jamoa shakllantirgan. Taxminimcha, "Navbahor" 2 ta to'p farqi bilan g'alaba qozonadi.
"So'g'diyona" - "Dinamo" to'qnashuvi ham shiddatli o'tadi. Vadim Abramov jamoasining o'yinlarini tomosha qilish yoqimli bo'lyapti, ular futbol o'ynamoqda. Bu esa natija beryapti. Shu bois "Dinamo"ning g'alaba qozonishini taxmin qilaman, 2:1",- deydi Pavel Solomin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar