Transfermarkt Osiyo kubogida qatnashgan 3 nafar o'zbekistonlik futbolchining narxini ko'tardi
21 fev 15:21
Yangiliklar
Transfermarkt Osiyo kubogida qatnashgan 3 nafar o'zbekistonlik futbolchining narxini ko'tardi
Dunyoga mashhur Transfermarkt portali Qatarda o'tgan Osiyo kubogida o'zini ko'rsatgan futbolchilarning narxini ko'tardi.
Unga ko'ra O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar futbolchisining narxi ko'tarilgan.
Abbos Fayzullaevning narxi 1 millionga ko'paydi va endi 5 millionga etdi. Abduqodir Husanovning transfer narxiga 500 ming qo'shildi va endi "Lans" himoyachisining saytdagi narxi 2 million evroga etdi.
Zafarmurod Abdirahmatovning transfer narxiga 150 ming evro qo'shildi. "Nasaf" futbolchisi endi 500 ming evro turadi.
Fikrlar