MLS. David Vilya "Nyu York Siti"ga g'alaba keltirdi VIDEO
27 sen 2018 11:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455400_original.jpg)
![](/upload/storage/455400_220.jpg)
MLS. David Vilya "Nyu York Siti"ga g'alaba keltirdi VIDEO
"Nyu York Siti" o'z uyida "CHikago Fayr"ni qabul qildi. Uchrashuvdagi ikkala gol ham ikkinchi taym boshida mehmonlar darvozasiga urildi. Dastlab ispaniyalik mashhur hujumchi David Vilyaning to'p uzatishidan keyin Aleksandr Ring hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o'tgach Vilyaning o'zi gol urdi - 2:0. SHu tariqa germaniyalik mashhur yarim himoyachi Bastian SHvaynshtayger to'p tepayotgan "CHikago Fayr" mag'lub bo'ldi.
Mazkur g'alabadan so'ng "Nyu York Siti" o'z ochkolari sonini 53taga etkazib oldi. Jamoa hamon uchinchi pog'onada bormoqda. "CHikago Fayr" esa 28 ochko bilan 10-o'rinda joylashgan.
New York City FC Alexander Ring - 47', David Villa - 51' |
Major League Soccer . 1-tur 27/09/2018, 04:10 0
:
2
Tugadi
|
Chicago Fire FC |
Stadion: Yankee Stadium
TAS-IX Emas
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar