"Mixed zone". Yuito Suzuki: "Yutganimizga qaramay qiyin o'yin o'tkazdik"
04 iyu 2022 12:34
Yangiliklar


"Mixed zone". Yuito Suzuki: "Yutganimizga qaramay qiyin o'yin o'tkazdik"
U-23 Osiyo chempionati davom etmoqda.
Musobaqa favoritlaridan biri sanalgan Yaponiya birinchi turda BAAga qarshi maydonga chiqdi. Qiziqarli kechgan bahsda Go Oiva shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollardan biriga esa Yuito Suzuki mualliflik qildi. O'yindan keyingi mikst-zonada yaponiyalik futbolchiga yuzlandik.
"Ajoyib o'yin va g'alaba. Yutganimizga qaramay qiyin o'yin o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda tezlikni oshirdik. Vaziyatlardan foydalanishda Yaponiya ustunroq bo'ldi, deb o'ylayman. Stadionda qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman", - deydi Suzuki.
O’xshash yangiliklar
15:10
BAA – O'zbekiston uchrashuvi uchun o'zbekistonlik muxlislarga nechta chipta taqdim etiladi? 28

Fikrlar