So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  1 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

Otabek Narzullaev: "Bugun ayniqsa himoyada ko'p xato qildik" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "Bugun ayniqsa himoyada ko'p xato qildik"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Dinamo" (2:4) uchrashuvidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Uchrashuvni yaxshi boshladik, 2:0 hisobida oldinga chiqib oldik, keyin esa yuzaga kelgan xatolar o'zimizga qimmatga tushdi. Bugun ayniqsa himoyada ko'p xato qildik. Birinchi taymdagi g'alabani ushlab qolmaganimiz chatoq bo'ldi. Futbolchilar bilan psixologiya tomonlama ishlashga to'g'ri kelyapti. Jamoamizda potencial yaxshi, faqat futbolchilar o'z kuchiga ishonmayapti. Ko'p emas ozgina ishonch bo'lsa, g'alabalar albatta keladi deb o'ylayman.

- Bugun asosiy xato nimada bo'ldi?

- Biz g'alabaga ertaga ishonib yubordik va o'yinning qolgan qismini 2:0ni ushlab qolishga o'tkazishga harakat qildik. O'yin boshida urilgan gol - bu hali g'alaba degani emas. Ko'proq hujumga o'tishimiz kerak edi. Himoyaga erta yotganimiz salbiy tasir qildi. Avvalgi tur "Paxtakor" bilan ham erta himoyaga o'tib olgandik. Jarohatdan chiqqan futbolchilarni ham maydonga tushiryapmiz, lekin ularning jismoniy holati to'liq tayyor emas. Lekin shunga majbur bo'lyapmiz.

- Bugungi o'yinda ikkita gol urgan Behruzbek Obloqulov "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. O'z vaqtida qo'l ostingizda "Mashal" U-19 jamoasida o'ynagan. 

- Endi bu futbol. Bu o'rinda bizni xursand qilishi mumkin bo'lgan yagona jihat - Obloqulovning "Mashal" akademiyasidan chiqqanligi. Lekin keyinchalik kim qaerda bo'lishidan qatiy nazar, futbolchi o'z ishini qiladi, murabbiy o'z ishini qiladi. Futbolchining ishi maydonga chiqib jamoasi uchun borini berish. Men natijadan xafaman, lekin Behruz uchun xursandman. Bu bola qancha o'ssa yanayam xursand bo'laman. Biz esa o'yinni tahlil qilamiz va kamchiliklarni o'rganamiz. Bugun yutqazdikmi demak, men aybdorman va aybimni o'z bo'ynimga olaman.

- Xumoyun Murtazoev qachon safga qaytadi?

- Nasib qilsa, keyingi o'yinlarga qaytishi kerak. Xumoyun yo'qligi biz uchun katta yo'qotish. Shifokorlar qachon ruxsat bersa, shundan so'ng mashg'ulotga qaytadi. Keyingi turni "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazamiz. Nasib qilsa bu o'yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rib, Jizzaxdan yaxshi kayfiyat bilan qaytishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика