So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Ivan Boshkovich: "Asosiysi jamoamizda o'yin bor" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Asosiysi jamoamizda o'yin bor"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalo o'yin haqida fikringiz?

- O'ylaymanki, bugungi bahs muxlislarga yoqdi. Bazi vaziyatlarda sekin harakat qildik, buning aniq sababini hozir bilmayman. O'yinni tahlil qilib xatolar ustida ishlaymiz. O'yinimiz boshida qovushmadi, keyin esa sifatli futbol namoyish etishga o'tdik. Umuman olganda ikkinchi taymdagi o'yinimizdan qoniqdim. Ko'p vaziyatlarda to'pni nazorat qildik. Raqib juda kuchli edi va safarda durang qayd etdik. "Navbahor"da qanot yarim himoyachilari faol o'yin ko'rsatadi, lekin biz bunga tayyor edik va himoyachilarga alohida uqtirgandik. Namanganda o'ynash oson emas, biz taslim bo'lmadik va oxirigacha kurashdik. Ruhan cho'kib qolmaganimiz meni xursand qildi. Chempionat tugashiga hali 13ta tur bor. Ishlashda davom etamiz.

- "So'g'diyona" o'tgan tur "Nasaf"ga mag'lub bo'lgandi, bugun esa durang qayd etdi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Birinchi davradagi o'yinimiz bilan taqqoslaganda ancha o'sganmiz deya olaman. O'tgan tur ham chiroyli harakat qilgandik. Asosiysi jamoamizda o'yin bor. Muammo - vaziyatlarni golga aylantirishda bo'lyapti. Buning ustida ishlaymiz. Tarkibimizda yaxshi futbolchilar bor, shunday ekan o'z maqsadimiz yo'lida kurashishda davom etamiz. Men jamoamdan yanada yaxshiroq natija kutaman. Futbolda ikki karra ikki har doim ham to'rt bo'lavermaydi, futbol shunisi bilan qiziq. Umumiy ochkolarimiz kam. Chunki ko'p o'yinlarda ochkolarni boy berib qo'ydik. Ammo aytganimdek, hali oldinda 13 tur bor va shu o'yinlarda ko'proq ochko ishlashga harakat qilamiz. Futbolni aldab bo'lmaydi, yakuniy jadvalda qaysi o'rinni olsak, shu haqqoniy bo'ladi.

- O'yinda ko'rdikki, jamoa asosan Lyupcho Dorievga tayanib qolgan. Ushbu futbolchisiz o'ynash qiyinmi?

- Aksar jamoalar yaxshi sifatli futbolchilarga tayanib o'ynaydi va bu normal holat. Bizda ham yaxshi futbolchilar ko'p. Maydonda Dorievdan tashqari yana 10 nafar futbolchi harakat qiladi va har birining o'z vazifasi bor. Lekin Lyupcho Doriev alohida mavzu. Balki u chempionatning eng yaxshi futbolchisidir. Bir maromda yuqori saviyada o'ynash oson emas. Doriev buni qo'ldan kelgancha uddalab kelyapti va buning uchun xursandman. Jamoamizda har bir futbolchining o'z vazifasi bor va hamma o'z ishini yaxshi bajarishga harakat qilyapti.

- Yangi qo'shilganlar jamoaga kirishib keta oldimi?

- O'tgan o'yindan keyin men bu savolga javob bergandim. Jamoadagi hamma bor kuch bilan yordam berishga harakat qilyapti. Yangi futbolchilarning kelganiga ko'p bo'lmadi, ammo ular mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda. Jamoaga moslashish jarayoni davom etmoqda. Hali ko'rasiz, 3-4ta o'yindan keyin hamma yaxshi o'yin ko'rsata boshlaydi. Men doim talabchanman, hech qachon to'liq qoniqmayman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика