So’nggi yangiliklar

23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  7 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  1 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  3 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  2 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  104 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  3 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1

Bahrom Haydarov: "Dastlabki ikki golni inobatga olmasak, teng o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Dastlabki ikki golni inobatga olmasak, teng o'yin bo'ldi"

Superliganing 16-turi doirasidagi "Andijon" - "Qo'qon-1912" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Hamma ko'rdi, 3:0 hisobidan keyin bir nima deyish qiyin, bahona qidirgandek bo'lib qolishimiz mumkin. Ikkita golni inobatga olmasak, bugun maydonda teng jamoalar o'ynadi. Keyinchalik bu tahlilda ham ko'rinadi. Gapirish juda qiyin, juda ham og'ir hisob. Yutqazmasligimiz kerak deb o'ylayotgandim. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Ikkinchi bo'lim ham, lekin bu futbol. Raqiblarning indvidiual mahorati evaziga dastlabki ikki gol darvozamiga kirib ketdi. Bugun bizda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. O'yin oldidan "Andijon" darvozabonini ko'rgandik, termadagi o'yinlari orqali ham bilardik. Bizda ham shunday darvozabonimiz bo'lishini istardik. U g'alabaga juda katta hissa qo'shdi. Chunki hisob 0:0 va 1:0 paytida bizda yaxshi vaziyatlar bo'lgandi. Darvozabon yarim jamoa deb aytishadi. "Andijon"ning boshqa futbolchilari ham yaxshi mehnat qilishdi. Lekin darvozabonni alohida takidlagan bo'lardim. Bizning himoya chizig'ini yaxshi desak, hisob to'g'ri kelmayapti. Bu o'yinni ko'rib chiqib, barchasiga baho beramiz. Hozir aniq gap gapirish juda qiyin.

- "Qo'qon-1912" ikkinchi bo'limda to'liq 5 himoyachi bo'lib o'ynadi.

- Raqib o'yinini taxlil qilganimizda ko'rdik, Abdumannopov va Abdumannonov keng o'ynaydi. Ularning OKMKga qarshi o'yinini ham taxlil qildik va shunga majbur edik. To'p bizda bo'lib turganida himoyada 3 kishi qoldi. To'p raqiblarda bo'lganida biz "Andijon"ning keng o'yini hisobiga shunday o'ynashga majbur edik. Shunday tayyorgarlik ko'rgandik. 5 himoyachi bo'ldi degani yutqazmasak bo'ldi degani emas. Barchasi tarkibning holatidan kelib chiqildi. Agarda o'yinni o'zgartira olganimizda taktikani ham o'zgartirardik. O'sha futbolchilar shunday o'ynashda davom etishdi, zaxiradan tushganlar ham. Barchasini o'rganib chiqamiz.

- Birinchi yoki ikkinchi goldan keyin 5 himoyachining birini olib tashlab, bir hujumchi tushirib, hujumga etibor bersa bo'lmasmidi?

- Ikkinchi goldan keyin, mening tushuncham bo'yicha, agarda besh himoyachi bo'lib qolsak, qanot himoyachilari oldinroqqa chiqadi. Bu sxemani qanot hujumchilari bilan qo'shib to'rt hujumchiga moslasa bo'ladi. Shu sababli o'zgartirish qilmadik. Yutqazgandan keyin noto'g'ri qildik deb o'ylashimiz mumkin. Hozir bu savolga javob berish qiyin.

- Ikkinchi davra yirik mag'lubiyat bilan boshlandi. Davralar oralig'idagi o'zgarishlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- Uch yangi futbolchi asosiy tarkibda o'ynadi. Gadoev, Daci va Haydarov. Hujumchilarimiz gol urmadi. Hisob barchasini aytyapti. Ularni maqtashga ham ojizmiz. Gadoevning o'yini qovushmadi. Unga hali vaqt kerak. U transferlar oynasi tugashiga oz vaqt qolganida jamoaga keldi. Lekin Daci va Haydarov gol urmagan bo'lsa-da, raqibga bosim o'tkazdi. Gol ura olmadik, shu sababli ko'nglim to'lmadi. Ular ham mehnat qilishdi, yomon o'ynadi deb bo'lmaydi.

Ishqibozlardan uzr so'raymiz. Oxirigacha o'tirib, yutqazayotganimizda ham ketib qolmagani uchun muxlislarga katta rahmat aytaman.



Reyting: -5   

Fikrlar

   
04 avg 10:55:56
Футболист 1
Мураббий кетиши керак.Натижани гапирмаса булади.Уйин кани уйииииииин?

   
04 avg 08:25:02
Odiljon
Magʻlubiyatdan.keyin.nima deganini.oziyam.bilgani.yoq.1taym.teng.oynadi.togʻri.lekin..futbol.2taymku..istifo.deb.qoy.baqoevga.oxshab
Baribir ishlayverasan
   
04 avg 06:24:25
Зинуp
Кетма кет унта уйинда ютказаям рахбарят кандай олиб юрибди бу мураббийни, бошка мураббий булганда эплолмадим деб кетиб юборарди шунча маглубятлардан кейин. Узи аник булиб колди пролигага биринчи давогар Кукон 1912.
   
04 avg 01:39:03
Kane 010 Kane 010
Nodir Hamidov foydalanuvchining fikriga javob berish
Насаф Билан уйинда андижонди кучини курамиз
Юткизсаям зато бугун йирик хисобда ютди
   
04 avg 00:26:56
Nodir Hamidov
Насаф Билан уйинда андижонди кучини курамиз
   
04 avg 00:26:44
Nodir Hamidov
Насаф Билан уйинда андижонди кучини курамиз
   
04 avg 00:25:45
Nodir Hamidov
Розиман
   
04 avg 00:14:50
Habib
Dalbayob yutqqzgani yetmagandek, intervyuda ham sharmanda qiladi quqonliklarni,tuturiqsiz chichqoq
   
03 avg 22:59:46
Рома
Уйин тенг булди миш?Тентакхонадан справкаси борми бу мурабийни?
   
03 avg 22:31:49
Nagli Jurnalist
Bunaqangi saviyasi past qo’rqoq murabbiyni ko’rmaganman sabr tileman Qo’qonliklar
   
03 avg 22:28:01
BXZ BXZ
Ютказгандан кейин мард бу́либ Андижонни табриклаб хатолар устида ишлаймиз деб ку́йи иккита гол хисобга олмаганда эмиш ху́п учинчи голни нима килиш керак шунда хам маглубиятку . Ку́кон1912 мухлисларига сабр ва кейинги у́йинларда омад .
   
03 avg 22:13:52
Холмирзаев Комил
МУРАББИЙНИ ГАПИ. ХАММАСИ ЯХШИ ФАКАТ ЧУКЯПМИЗ ДЕГАНДЕК БУЛИБДИ
   
03 avg 22:13:01
M U F C
Qanaqib ikki golni hisobga olmaslik mumkin? Mach taqdirini gol hal qilmaydimi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика