So’nggi yangiliklar

22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди"  1 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  5 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  1 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  25 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  6 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  11 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  2 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  1 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  3

Mirjalol Qosimov: "SHunday sharoitda to'p tepayotgan shogirdlarim bilan faxrlanaman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "SHunday sharoitda to'p tepayotgan shogirdlarim bilan faxrlanaman"

O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi "Bunyodkor" - AGMK (1:2) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

"Hayot davom etadi. Kimdir xato qiladi, raqib o'sha xatodan foydalanadi. Suhrob Sultonov ko'p vaziyatlarda bizni qutqargan. Bir futbolchini ayblay olmayman. Nachora futbol shunday. Oldinda Superligadagi o'yinlar bor. Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasiga ega chiqish uchun oxirigacha kurashamiz. AGMK klubini finalga chiqqani bilan tabriklayman. Yigitlarga, bizni qo'llab quvvatlagan muxlislarga tashakkur. Hisob 0:2 bo'lishiga qaramay oxirigacha kurashishdi", - deydi Mirjalol Qosimov.



- Bugun "Bunyodkor" "Buxoro" yoki o'sha "Lokomotiv" bilan o'yinlardagidek kuchli o'ynamagani uchun yutqazdi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, o'yin o'yinga o'xshamaydi. Boshqa tomondan AGMK ham yaxshi jamoa, infrastruktura, tarkibdagi futbolchilar...Birinchi taymda qiyin o'yin bo'ldi. 100 foizli vaziyatlardan foydalanish kerak edi. "Lokomotiv" bilan o'yinda ham shunday bo'ldi. Qaerdadir tajriba etishmadi. Eng asosiysi tezda tiklanish kerak. Ruhan o'zimizga kelishimiz lozim. Faoliyatimda alamli mag'lubiyatlar ko'p bo'lgan. 4:0 hisobida oldinda borib yakunda yutqazganmiz ham. Men shunday qiyin sharoitda maydonga tushib muxlislarni oxirigacha hayajonda ushlab turgan o'z futbolchilarim bilan faxrlanaman. SHogirdlarimning sabri va irodasiga rahmat.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика