So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Интер" "Аталанта"ни "аямай савалади"  1 01:39Расман: "Манчестер Юнайтед" 60 миллионлик трансферни эълон қилди  0 01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  4 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  1 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   11 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  13 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  3 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  6 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  7 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  20 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  7 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  390 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  51 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0

"Milan"ning ashaddiy muxlisi "Sassuolo"ni elitaga olib chiqqani haqida Yangiliklar

"Milan"ning ashaddiy muxlisi "Sassuolo"ni elitaga olib chiqqani haqida

70 yoshingizni unutilmas qilib qanday nishonlash mumkin?!

2013 yil 18 may kuni tadbirkor Jorjo Skvinci o'zining sevimli klubi "Sassuolo"ning o'yinini tomosha qilishga bordi. V Seriyaning oxirgi turida jamoa "Livorno"ni qabul qilgan va agar g'alaba qozonsa elitaga yo'llanmani qo'lga kiritardi – ilk marotaba!!! Mag'lubiyat esa uni pley-off zonasiga tushurib yuborardi.

Asablar tarang. Barchasi 96-daqiqada hal bo'ldi. "Sassuolo" bahsdagi yagona golni urdi va A Seriyaga ravona bo'ldi – o'sha kuni klub xo'jayinining tug'ilgan kuni edi. U bunga osonlik bilan erishmadi: noldan boshlangan jamoani qo'lga oldi, sabr qildi, kutdi va niyatiga etdi.


Bundan 11 yil muqaddam Skvinci professional futboldan tushib ketgan klub nazoratini qo'lga olar ekan "Sassuolo" mamlakatning eng kuchli jamoalari qatorida bo'lishiga vada bergandi. Lekin hech kim uning gaplarini jiddiy qabul qilmagandi. Skvinci 2019 yil 2 oktyabr kuni 76 yoshida vafot etdi. "Sassuolo" ketma-ket 8-mavsum A Seriyada harakatlanmoqda.

Skvinci kuchli magnat bo'lgan va dunyodagi eng kuchli velosipedchilar jamoasini yaratgan. Doping tufayli sport turini o'zgartirgan

Skvincining otasi Rodolfo professional velopoygachi bo'lgan. SHu sababli, Jorjoning bolalikdagi kumiri futbolchilar emasdi. "Sassuolo" egasi o'z uyida eski flyaga saqlab qo'ygandi – u o'sha idishni 1956 yil, afsonaviy Fausto Koppi (Jiro D’Italiyaning besh karra chempioni) Milan ko'chalari bo'ylab o'tganida topib olgandi. Sportchi tushurib qoldirgan flyaga uchun do'stlari bilan kechgan "kurashda" 13 yoshli bolakay g'alaba qozondi va o'sha sovrinni butun umr ehtiyot qilib saqlab qo'ydi.

Otasining faoliyati unchalik ham muvaffaqiyatli kechmagan. SHuning uchun, tadbirkorlik bilan shug'ullanishga qaror qilgan. 1937 yil Rodolfo "Mapei" kompaniyasiga asos solgan (qurilish sanoati uchun zarur materiallar). Ular avvaliga linoleum uchun bo'yoq va elim, keyin esa keramik plitkalarni yopishtiruvchi maxsus elim sotishgan. Oilaviy biznes (Jorjo otasidan keyin "Mapei"ning prezidenti bo'ldi) muvaffaqiyatli rivojlandi. Kompaniya 70 yillarda xalqaro darajaga ko'tarildi va Kanadadagi birinchi zavodini ochdi.

Hozirda "Mapei"ning 36 mamlakatda 87 korxonasining filiallari va 83ta zavodi bor. Kompaniya o'z sohasi bo'yicha dunyo etakchilaridan biriga aylandi, 2018 yil uchun tovar aylanmasi 2,5 milliard evroni tashkil etdi. Skvinci "Federchimica"ning (Italiya kimyo sanoati federaciyasi) prezidentlik lavozimini egalladi, "Fidokorona xizmatlari uchun" va "Italiya Respublikasiga ko'rsatgan xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlandi.

Daromadi ancha yaxshi bo'lgan ushbu biznes sportga ham etibor qaratishga imkon berdi va 1993 yil Jordjo "Mapei" velosipedchilar jamoasini tashkil qildi. U jamoaga Italiya va Evropaning eng yaxshi poygachilarini yig'di. 9 yil ichida 654 marotaba turli poygalarda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Ular orasida Jahon CHempionatlari, Jiro D’Italiya, Tur de Frans va Vuelte ham bor. Skvinci eng esda qolarli xotirasi 1996 yilgi Parij-Rube velopoygasi ekanini alohida takidlab o'tgan edi.

"Bizning jamoa dunyoning eng yaxshilaridan biri bo'lgan", — degandi Skvinci. Biroq 2000-yillar boshlarida u jamoaga homiylik qilishni to'xtatdi (u nomni o'zgartirdi – " Mapei"ning o'rniga "Quick Step", biroz vaqtdan keyin esa hammani tarqatib yubordi). Jorjoning so'zlariga qaraganda, bunga sabab velosportda dopingning paydo bo'lishi ekan – u haqiqiy kurash tarafdori bo'lgan.

"Sassuolo"ni 35 ming evroga sotib oldi – va uni top klubga aylantirdi

2002/2003 yilgi mavsumda siz ikki jamoani Italiyaning to'rtinchi divizionida (C2) ko'rishingiz mumkin edi. Sababi ular ancha yillardan buyon A Seriyaga chiqolmayotgandi: o'shanda birinchi o'rinni "Florentina Viola" ("Fiorentina") band etgandi, "Sassuolo" esa 17-o'rinni egallagan va o'tish bahslarida "Imoleze"ga ikki bahsda ham mag'lub bo'lgandi.

"Neroverdi" D Seriyaga tushib ketishi, professional maqomini yo'qotishi kerak edi. Bu yo'qotishni ko'pchilik sezmasdi ham: klub hech qachon S2 Seriyadan yuqoriga chiqmagan va 80 yil ichida professonallarga qaraganda havaskor jamoalar bilan ko'proq o'ynagan. Lekin bu safar omad kulib boqdi: boshqa klublardagi moliyaviy inqiroz tufayli "Sassuolo" to'rtinchi ligaga qaytdi.

O'sha vaqtlarda Skvinci velosportdan ketgandi. U "Sassuolo" haqida ko'p eshitgandi. "Men hamma sohada omadli ekanimni isbotlashni istadim, – deydi Jodjo. – Maqsadim bitta – g'alaba qozoni. U klub uchun atigi 35 ming evro to'lagandi.

"Skvinci bilan bo'lgan suhbatlardan biri meni qanchalik hayratda qoldirgani yodimda, – eslaydi o'sha paytdagi klubning bosh direktori Nereo Bonato. – U qatiy qaror qilgandi. "Biz A Seriyaga chiqqanimizda... Aynan "chiqqanimizda", "agar chiqsak" emas! Biz to'rtinchi divizionda o'ynar edik. Bizningcha, aqlbovar qilmaydigan bunday muvaffaqiyatga erishaman deb o'ylash uchun yo o'ta optimist bo'lish yoki so'zining ustidan chiqolmaydigan inson bo'lish kerak edi.

Skvinci o'zini birinchi toifaga qo'shardi: "Tadbirkor optimist bo'lishi kerak, aks holda hech narsaga erisholmaydi". 2006 yil "Sassuolo" S1 Seriyada harakatlana boshladi, oradan ikki yil o'tib esa B Seriyaga chiqib oldi. 2010-2012 yillarda klub oxirgi nafasigacha elitaga chiqishga harakat qildi, ammo pley-offga tushib qoldi. 2013 yil Jorjoning tug'ilgan kunida ularning maqsadi amalga oshdi.

Uncha mashhur bo'lmagan klubdan hech kim hech narsa kutmasdi, ammo "Sassuolo" hamon elitada o'z o'rniga ega bo'lib kelmoqda. Hattoki, Evropa Ligasida ham o'ynashga ulgurdi va 2015/16 yilgi mavsumda 6-o'rinni egalladi.

"Sassuolo" Skvinci davrida:

"CHempionlar Ligasiga chiqishimiz uchun barcha narsa bor: yaxshi murabbiy, iqtidorli futbolchilar, moliyaviy imkoniyatlar. Moliyaviy barqarorlik bo'yicha bizning klub Italiyada "Yuventus"dan keyin ikkinchi o'rinda turadi, – degan edi Skvinci 2016 yilda. O'shandan buyon "Sassuolo" biror marta ham jadvalning yuqori qismlarini egallay olmadi (12-11-11-o'rinlar). Ammo "Neroverdi"ning haqiqatdan ham qandaydir muammolari yo'q. "Mapei" titul homiy sifatida klubga muntazam ravishda yiliga 18 million evro keltiradi – bu esa A Seriyadagi titul homiylar bilan tuzilgan eng katta shartnomadir ("Yuve" – 17 mln).

"Sassuolo" B Seriyaga chiqqunga qadar 40 ming kishilik "Enco Richchi"stadionida (shahar aholisi – 41 ming) to'p tepgan. Maqomi ko'tarilgandan keyin esa Modena shahriga keldi, oliy liga o'yinlarini esa Redjo-nel-Emiliyada o'tkazdi. Skvinci 2013 yilda 3,75 mln evro evaziga "CHitta di Trikolore"(23 ming o'rin) arenasiini sotib oldi. Bugungi kunda ushbu stadion klubga tegishli va "Mapei Stadium" deb nomlangan.

SHuningdek, Skvinci Italiyaning eng yaxshi ikki murabbiylari qachonlardir u bilan ishlaganini aytib faxrlanadi.

• Massimiliano Allegri 2007/08 yillari "Sassuolo"ni boshqargan va jamoani B Seriyaga olib chiqishga muvaffaq bo'lgan (shundan so'ng Maksni "Kalyari"ga chaqirishgan – Jordjo esa Allegri bunga loyiq ekanini aytib, uni tekinga qo'yib yubordi).

• Eusebio Di Franchesko bilan "Sassuolo" B Seriyada g'olib bo'ldi. Keyinchalik Franchesko qo'l ostidagi "Roma" CHempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqaniga, Skvinci shunday hazillashgan edi: "Ex, men bu yigitni haydab o'tiribman-a!"

"Milan"ga muxlislik qilgan va "Inter"ning g'alabalaridan esa faxrlangan

Skvinci bolaligidan "Milan"ga muxlislik qilganini yashirmagan. Qo'l telefonining g'ilofi uzoq yillar mobaynida qizil-qora bo'lgan. SHuningdek, "Sassuolo" B Seriyada harakatlanayotgan yillari Jordjoning ofisida "Inter" – "Sassuolo" — 0:1 ko'rinishidagi jadval ilingandi. Bu o'ylab topilgan natija edi. Skvinci "Inter" ustidan g'alaba qozonishni astoydil xohlagan, biroq dastlabki uchta o'yin "neradzurri" foydasiga 15:0 bilan yakunlangan. Qolgan 9 o'yindan 7tasida esa "Sassuolo" g'alaba nashidasini quchgan. Keyin esa uning ofisida haqiqiy natijalar qayd etilgan jadvallar ilindi.

"Sassuolo" oxirgi marta "Inter" ustidan 2018 yil avgustda g'alaba qozongandi. "O'yindan avval Spalletti bu safar men jadvalsiz qolishimni aytdi. SHuning uchun, buni endi unga baxshida etaman", – istehzo bilan Skvinci.

Jordjo Silvio Berluskonining yaqin do'sti edi – "Milan"ni sotmoqchi bo'lib yurgan kezlarida Berluskoni unga klub yangi xo'jayini o'rnida Skvincini ko'rishdan xursand bo'lishini aytadi. Ammo "Sassuolo" A Seriyaga chiqqanidan so'ng Jordjo mashhurlikka erishdi va hamma narsa o'zgarib ketdi. "Birinchidan, "Milan" juda qimmat edi. Ikkinchidan esa men o'z jamoamga muxlislik qilishni o'rgandim, – degandi Skvinci. – "Milan"ning tarkibiga qarab, nima uchun ularga xasad qilishimiz kerakligini tushunmayman". "Milan"ga qarshi 13 o'yinning 4tasida "Sassuolo"ning qo'li baland kelgan.

Jamoa A Seriyaga chiqishi munosabati bilan Italiyaning mashhur qo'shiqchisi Nek, sassuololik, klub madhiyasini kuylab berdi.

Futbolchilar maydonga (uy o'yinlari vaqti) quyidagi satrlar bilan kirib borishadi: "Biz – hech qachon so'nmaydigan yangi nurmiz".

Endi esa bu so'zlarning manosi yanada chuqurroq: Jorjo Skvinci "Sassuolo"ning qalbida boqiy yashaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика