"Milan" Tonalini 20 million evroga xarid qilish huquqi bilan 10 mln evroga ijaraga oladi
31 avg 2020 15:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589735_original.jpg)
![](/upload/storage/589735_220.jpg)
"Milan" Tonalini 20 million evroga xarid qilish huquqi bilan 10 mln evroga ijaraga oladi
"Milan" "Breshia" bilan yarim himoyachi Sandro Tonali borasida kelishuvga erishdi.
Kelishuvga ko'ra, milanliklar Tonalini 20 million evro+bonuslar evaziga xarid qilishi huquqi bilan 10 mln evroga ijaraga oladi.
Bundan tashqari, "rossonerilar" 20 yoshli o'yinchi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolanishi va bir mavsum davomida sof 2,2 million evro maosh berilishi borasida kelishib olishdi.
Manbaning xabariga ko'ra, to'laqonli transfer amalga oshgan taqdirda "Breshia" keyingi sotuvdan (transfer narxi 30 million evrodan kam bo'lmasligi kerak) 10% oladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar