“Milan” sobiq himoyachisi Istanbuldagi finalni eslab: “Bu dahshat edi”
14 apr 2020 22:08
Yangiliklar
“Milan” sobiq himoyachisi Istanbuldagi finalni eslab: “Bu dahshat edi”
Yap Stam 2005 yil “Liverpul”ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar Ligasining hal qiluvchi bahsini yodga oldi.
“Rossonerilar” ilk taymdan keyin raqiblari ustidan 3:0 hisobida zafar quchishayotgandi, ammo “qizillar” tanaffusdan keyin hech kim kutmagan holda muvozanatni tiklashgan va bahsni penaltilar seriyasigacha olib borib, titul sohibiga aylanishgan edi.
“Bu dahshat edi. 1999 yil “Manchester Yunayted” tarkibida treblga erishganman, ammo odamlar mendan bu haqda emas, “Liverpul”ga qarshi o'yinning tanaffusi vaqtida nima bo'lganini so'rashadi. Yillar davomida turli xil hikoyalar paydo bo'ldi, lekin ularning bari yolg'on. Karlo Anchelotti bizga shunday ruhda davom etishimiz kerakligini aytgan. Biroq, biz 6 daqiqada 3ta gol o'tkazib yubordik va bundan qutila olmadik”, deb eslaydi Stam.
Fikrlar