"Milan" Brandtni nishonga oldi
25 iyu 2021 12:41
Yangiliklar
"Milan" Brandtni nishonga oldi
Dortmundning "Borussiya"si xavbeki Yulian Brandt Italiyaga yo'l olishi kutilmoqda.
"Goal" xabariga ko'ra, "Milan" futbolchining transferi uchun 27 mln evro ishlatishni rejalashtirmoqda. Dortmund klubi esa futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. "Rossoneri" markazni kuchaytirish uchun bor etiborini qaratgan.
25 yoshli germaniyalik futbolchi 2019 yilda "Bayer"dan "Borussiya"ga o'tgandi. O'sha vaqtda klub uning transferi uchun 25 mln evro sarflagandi. U jamoasi tarkibida 87 o'yinda qatnashib, 11 gol va 15 assist qayd etdi.
Fikrlar