Germaniya terma jamoasida Yurgen Klopp bilan muzokaralar va moliyaviy tomonlar bo'yicha bayonot berildi

7 iyul 2026, 15:39
Germaniya futbol ittifoqi (DFB) vice-prezidenti Xans-Yoaxim Vatcke "Red Bull" kompaniyasining global sport direktori Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkinligi borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.

"Bu hali to'liq yakuniga etgan kelishuv emas. To'siqlar hali ham mavjud, birinchi navbatda uning "Red Bull" bilan shartnomasi sababli. Men baholashda boshqalarga qaraganda ehtiyotkorroqman, lekin imkoniyatni 50 foizdan yuqori deb hisoblayman.

Klopp - shubhasiz, bizning raqami birinchi maqsadimiz va biz bu rejani hayotga tadbiq etmoqchimiz. Uning qolgan masalalarni hal qilishda yordam berishga tayyorligi katta plyusdir. Albatta, bizning o'z moliyaviy chegaralarimiz bor. Biz Yurgen tomonidan kichik "vatanparvarlik chegirmasi" bo'lishiga umid qilyapmiz, to'g'rirog'i, shaxsan men bunga ishonaman. U Germaniyani yaxshi ko'rishini bilaman", - deya Vatckening so'zlarini keltiradi ZDF.de.

Bundan oldin Germaniya futbol ittifoqi Kloppni milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko'rib chiqayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ZDF.de