"Milan" asosiy futbolchisi Italiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
18 noy 2022 12:07
Yangiliklar
Sandro Tonali Italiya terma jamoasining avstriyaliklarga qarshi navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Albaniya bilan nazorat uchrashuvida (3:1) "Milan" va Italiya terma jamoasi xavbeki Sandro Tonali boshi bilan maysazorga yiqildi. Futbolchini maydondan zambilda olib chiqib ketishgan, biroq keyinchalik u jarohatdan qutulib qolgani malum bo'ldi.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "skuadra adzurra" bosh murabbiyi Roberto Manchini Avstriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida yarim himoyachiga umid bog'lay olmaydi. Xabar qilinishicha, Tonali ehtiyot chorasi sifatida uyiga jo'natilgan.
Italiya va Avstriya o'rtasidagi uchrashuv 20 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar