"Milan" "Arsenal" futbolchisi uchun 50 million evro tayyorlab qo'ydi

Alisher
1 apr 2021, 11:23
"Arsenal" tayanch yarim himoyachisi Lukas Torreyra "Milan"ga kerak.

"Rossonerilar" markazga o'yinchi qidirishmoqda va ayni damda Madridning "Atletiko" klubida ijara asosida o'ynayotgan 25 yoshli urugvaylik futbolchiga e'tiborlarini qaratishdi.

"Qizil-qoralar" o'yinchi uchun 40da 50 million evrogacha mablag' sarflashga tayyorlar.

Torreyra joriy mavsum La Liga doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports