"Milan" 20 yoshli norvegiyalik to'purar bilan shartnoma imzolaydi
29 sen 2020 14:24
Yangiliklar


"Milan" 20 yoshli norvegiyalik to'purar bilan shartnoma imzolaydi
"Budyo-Glimt" forvardi Yens Xeuge A Seriyaga yo'l olishga yaqin.
20 yoshli hujumchi "Milan" bilan shartnoma imzolaydi. "Rossonerilar" o'yinchining transferi uchun 5 million evro miqdorida mablag' sarflashadi. Xeuge tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va Italiya grandi bilan shartnoma imzolaydi.
Eslab o'tish joiz, Milan klubi Evropa Ligasi kvalifikacion bosqichida "Budyo-Glimt" bilan o'ynadi. O'shanda italyanlar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Norvegiyaliklar safida ikki golga ham Xeuge mualliflik qildi.
Forvard Norvegiya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar