"Milan" 20 yoshli norvegiyalik to'purar bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
29 sen 2020, 14:24
"Budyo-Glimt" forvardi Yens Xeuge A Seriyaga yo'l olishga yaqin.

20 yoshli hujumchi "Milan" bilan shartnoma imzolaydi. "Rossonerilar" o'yinchining transferi uchun 5 million evro miqdorida mablag' sarflashadi. Xeuge tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va Italiya grandi bilan shartnoma imzolaydi.

Eslab o'tish joiz, Milan klubi Yevropa Ligasi kvalifikacion bosqichida "Budyo-Glimt" bilan o'ynadi. O'shanda italyanlar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Norvegiyaliklar safida ikki golga ham Xeuge mualliflik qildi.

Forvard Norvegiya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia