"Metallurg": Vagapov, Rasulov ketdi, "Bunyodkor"dan 4 futbolchi ijaraga olindi
05 fev 2016 16:34
Yangiliklar


"Metallurg": Vagapov, Rasulov ketdi, "Bunyodkor"dan 4 futbolchi ijaraga olindi
Yanvar oyida jamoa lagerini ikki o'yinchi tark etdi. Yarim himoyachi Ruslan Vagapov “Qizilqum” jamoasiga borib qo'shilgan bo'lsa, Sardor Rasulov “SHo'rtan”da o'ynashni ixtiyor etdi.
O'z navbatida “Metallurg” jamoasi ustozlari bo'sh qolgan chiziqlarni istedodli yoshlar bilan to'ldirishyapti. Ayni paytda klub yoshlar tarkibidan chaqirilgan o'yinchilar bilan bir qatorda “Bunyodkor” yoshlar tarkibida o'ynagan Javohir Esonqulov, Ergash Ismoilov, Muhammad Qahramonov, Farhod Namozov, “Olmaliq”da faoliyat yuritgan Ulug'bek Xudoyberdiev shular jumlasidandir.
Mavsum boshlanguncha “Metallurg” qarorgohiga yana ikki-uch nafar yangi o'yinchi kelishi kutilyapti. Bekobodliklar navbatdagi nazorat uchrashuvini ertaga, “Bunyodkor” akademiyasi maydonida “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar